13 августа 2021 г.
Faktura.PAY (1С dasturining internet-banking bilan) integratsiyasi
Faqatgina «Ipak Yo‘li» mijozlari uchun Faktura.PAY (1С dasturining internet-banking bilan) integratsiyasi. Endi Faktura.uz ishlab chiqqan 1C moduli yordamida siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1C dasturi orqali to‘lov topshiriqnomalarini oson va tez qabul qilishingiz va jo‘natishingiz mumkin!
Afzalliklari:
Asosiy afzalligi shundaki, avval buxgalterlar bitta to‘lov topshiriqnomasini qo‘lda ikki marta — avval 1C dasturida, keyin esa bank-kliyentda yozishga majbur edilar.
Endi esa 1C moduli yordamida ishingiz ancha yengillashadi — barcha kiruvchi va chiquvchi topshiriqnomalar avtomatik ravishda 1C bazasi va Bankka kiritiladi.
Imkoniyatlari:
1. To‘lov topshiriqnomalarini avtomatik ravishda qabul qilish va 1C tizimiga kiritish;
2. To‘lov topshiriqnomalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri 1C orqali jo‘natish (modul bilan ishlashda 1C orqali kiritilgan ma'lumotlarni bank-kliyent orqali qayta kiritishga hojat qolmaydi).
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
