30 апреля 2021 г.

Ipak Yoʻli Banki Yevropaning yetakchi investitsiya fondlaridan jami 25 million AQSh dollaridan ortiq boʻlgan kredit mablagʻlarini jalb qildi

"Ipak Yoʻli" Banki Shveytsariyaning responsAbility Investments AG kompaniyasining investitsiya fondlaridan milliy valyutada qiymati 20 million AQSh dollariga teng boʻlgan va Shveytsariyaning Symbiotics aktivlarni boshqarish kompaniyasidan 5.25 million AQSh dollariga teng boʻlgan chet el sarmoyasini jalb qildi.

Ushbu shartnomalarning imzolanishi Yevropaning investitsiya fondlari tomonidan Bankga va mahalliy iqtisodiyotning ulkan salohiyatiga boʻlgan ishonchni koʻrsatmoqda. Jalb etilgan mablagʻlar Bank tomonidan kichik va oʻrta biznesni, shu jumladan inqirozdan keyingi loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan kreditlashni rivojlantirishga sarflanadi.

Bundan tashqari shuni ta’kidlash joizki, responsAbility Investments AG bilan imzolangan shartnoma Bank faoliyatini kengaytirishga imkon beradigan uzoq muddatli va samarali hamkorlikning birinchi bosqichidir.

2003 yilda tashkil etilgan responsAbility Investments AG kompaniyasi Syurix shahrida asoslangan va qiymati 3.5 milliard AQSh dollardan ortiq aktivlarni boshqaradi, butun dunyo boʻylab 10 dan ortiq oʻzining ofislariga ega. Kompaniya ilgari rasmiy moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati cheklangan kichik va oʻrta biznes korxonalariga moliyaviy va boshqa bank xizmatlarini koʻrsatish orqali rivojlanishga hissa qoʻshadi. Oʻzining inklyuziv biznes modellari orqali kompaniya 90 ga yaqin davlatda 540 dan ortiq loyihalarga sarmoya kiritgan.

2004 yilda Jenevada roʻyxatdan oʻtgan Symbiotics, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun barqaror moliyalashtirishga ixtisoslashgan, bozor tadqiqotlari, investitsiyalar boʻyicha maslahat va aktivlarni boshqarish xizmatlarini taklif qiluvchi investitsiyaviy kompaniya hisoblanadi. 2005 yildan beri Symbiotics deyarli 90 ga yaqin rivojlanayotgan bozorlarda qiymati 5.5 milliard AQSh dollaridan ortiq boʻlgan sarmoya kiritgan.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner