24 мая 2022 г.
"Ipak Yo‘li" banki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mukofotiga ega bo‘ldi
2022-yil 10-may sanasida Marokashda o‘tkazilgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Bosh majlisi vaqtida “Savdo moliyasi” (TFP) dasturi doirasida "Ipak Yo‘li" banki "Most Active Issuing Bank in Uzbekistan 2021" (2021-yilda O‘zbekistondagi eng faol emitent-bank) nominatsiyasida mukofotlandi. Mukofot maxsus marosim vaqtida YTTB vakillari – Moliya institutlari bilan ishlashni boshqaruvchi direktor Frensis Malij va Savdo moliyasini qo‘llab-quvvatlash dasturi rahbari Rudolfo Puts tomonidan topshirildi.
"Ipak Yo‘li" banki savdo moliyasi sohasida O‘zbekistonning boshqa banklarga nisbatan kamroq limitlarga ega bo‘lishiga qaramay, eng ko‘p bitimlar soni bilan O‘zbekiston Respublikasida eng faol emitent-bank sifatida tan olindi.
Bunda "Ipak Yo‘li" banki avvalroq Osiyo Taraqqiyot banki va Xalqaro Moliya korporatsiyasi tomonidan 2021-yil uchun xuddi shunday mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
Shunday qilib, "Ipak Yo‘li" banki O‘zbekistonga 2021-yil uchun moliyalashtirish dasturini taqdim etuvchi barcha asosiy taraqqiyot banklari mukofotlarini to‘plashga erishdi. Ushbu ko‘rsatkich chin maʼnoda «Ipak Yo‘li» bankining hujjatli amaliyotlar va savdo moliyasi sohasida tezkor va samarali xizmat ko‘rsatishini isbotlaydi.
Bugungi kunda "Ipak Yo‘li" banki innovatsion yechimlar taklif etish orqali savdo moliyasi bo‘yicha mahsulotlar ko‘lamini kengaytirishda davom etmoqda va bu orqali o‘z mijozlarini sifat, foydalanish qulayligi va tezkorligi bilan xursand qilmoqda.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
