22 мая 2023 г.

Ipak Yo‘li Banki xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish sohasida Yevropa bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

2023-yil 16-18-may kunlari Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruv kengashining iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va inqiroz davrida barqaror iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishga qaratilgan - «Sarmoya kiritish va barqarorlik» mavzusidagi 32-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir doirasida Ipak Yo‘li Banki O‘zbekistonda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha bir qator shartnomalarni imzoladi.

Xususan, bank Niderlandiya Taraqqiyot banki «FMO» bilan kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, yashil loyihalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 50 million AQSh dollari miqdoridagi kredit shartnomasini imzoladi.

Вundan tashqari, YeTTB qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samaradorligini oshirish loyihalarini moliyalashtirish uchun Ipak Yo‘li Bankiga 20 million dollar ajratishini ma’lum qildi. YeTTB ning Samarqandda boʻlib oʻtgan tadbir doirasida imzolagan mandat xati, kredit mablagʻlaridan «yashil» loyihalarga sarmoya kiritish uchun foydalanishni nazarda tutadi.

Mazkur hujjatlarning imzolanishi Ipak Yo‘li Banki va xorijiy moliya institutlari o‘rtasidagi hamkorlik hajmi oshib borayotganidan dalolat beradi va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida Bankning raqobatbardosh mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner