10 апреля 2019 г.
“Ipak Yo’li” banki Visa to’lov tizimidagi virtual kartalarni chiqarishni ishga tushirdi
“Ipak Yo’li” banki Visa to’lov tizimidagi virtual kartalarni chiqarishni 2019 yilning 11 aprel kunidan yo’lga qo’yadi. Xozirgi vaqtlarda bankda shu turdagi kartalarni chiqarish uchun texnik tayyorgarlik muvaffaqiyatli tugallangan. Bu haqda Chakana biznesni rivojlantirish boshqarmasini boshlig’i o’rinbosari Temurbek Bahromov aytib o’tdi.
2018-yilda biz jismoniy shaxslar uchun yangi innovatsion mahsulotlarni tadbiq etish va sotish uchun platformaga aylangan tubdan yangi mobil ilova yaratdik. Bizlar doimiy ravishda yangi bank maxsulotlarini va xizmatlarni yaratish ustida ishlab kelmoqdamiz va shularning biri virtual kartalardir - deydi Temurbek Bahromov.
Virtual kartadan foydalangan holda, bank mijozlari 3D-Secure tizimi yordamida xavfsiz internet xaridlarni qilishlari mumkin. Bundan tashqari, mijozni virtual kartasidan uning boshqa tizimlardagi xalqaro kartalariga pul o'tkazish yo`lga qo’yiladi.
Virtual kartani chiqarish uchun bank ofisiga tashrif buyurish kerak bo’lmaydi. Yangi mobil ilovaning Kartalar bo`limida “Rasmiylashtirish” tugmasini bosib so’ng 10 daqiqa ichida AQSh dollarini sotib olib internet to`lovlarni amalga oshirish imkoni bo’ladi.
Kartani tariflari yanada hayron qoldiradi: karta chiqarish mutlaqo bepul, to`lovlarning minimal komissiyasi atigi 50 cent.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
