03 сентября 2020 г.

"Ipak Yo‘li" banki va VISA bilan avtomobil yutib oling

"Ipak Yo‘li" AITB va VISA xalqaro kompaniyasi "Avtomobil yutib olish − oson" nomli aksiya o‘tkazilishi haqida e’lon qilishmoqda. Aksiyada 99 dona turli sovrinlar, jumladan bosh sovrin − Hyundai Elantra Active avtomobili o‘ynaladi.

Aksiyaning sovrinlar fondi 99ta qimmatli sovg‘ani, shu jumladan mobil telefonlar, aqlli soatlar, simsiz naushniklar, ko‘chma akkumulyatorlar va kolonkalarni o‘z ichiga olgan. Bosh sovrin sifatida Hyundai Elantra Active avtomobili taqdim etiladi.

"Avtomobil yutib olish − oson" aksiyasi 2020 yil 1 sentyabrdan 2021 yil 31 martgacha davom etadi. Sovrinlarni o‘ynash aksiya davrlari davomida har oy bo‘lib o‘tadi, bosh sovrin esa aksiya yakun topganidan keyin o‘ynaladi. 

Aksiyada "Ipak Yo‘li" bankining istalgan filialida Visa tizimidagi karta ochgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va shu bilan birga O‘zbekistonda yashash guvohnomasiga ega chet el rezidentlari ishtirok etishlari mumkin. Aksiyada “Ipak Yo’li” AITBning istalgan filialida chiqarilgan Visa Virtual, Visa Start, Visa Exchange, Visa Platinum Light, Visa Platinum Black va Visa Infinite karta egalari ishtirok etishlari mumkin.

Aksiya davomiyligi bir oy bo‘lgan yettita kvalifikatsion davrlardan iborat. Aksiyada ishtirok etish uchun har bir kvalifikatsion davr davomida bir VISA kartasidan tovar va xizmatlar uchun kamida 10 dollar sarflashi kerak. Bosh sovrin o‘ynalishida ishtirok etish uchun esa aksiya davri davomida bir VISA kartasidan kamida 100 dollar sarflash kerak bo‘ladi. 

O‘ynalishning aniq sanasi va formati bank tomonidan rasmiy sayt yoki boshqa axborot kanallari orqali aksiya boshlanishiga kamida uch kun qolganida e’lon qilinadi. Sovrinlar o‘ynalishi onlayn translyatsiya formatida bankning Instagram sahifasida o‘tkaziladi. Aksiya g‘oliblari www.ipakyulibank.uz saytida  “Yangiliklar” bo’limida e’lon qilinadi.

Aksiya qoidalari

yuklab olish

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner