12 августа 2021 г.

"Ipak Yo‘li" banki UnionPay kartalari yordamida xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga shay

"Ipak Yo‘li" banki UnionPay International xalqaro to‘lov tizimi sertifikatidan muvaffaqiyatli o‘tdi, buning natijasida bank UnionPay Money Express xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatini ishga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

UnionPay Money Express xalqaro pul o‘tkazmalari "Ipak Yo'li Mobile" ilovasi yoki shaxsiy kabinet orqali dunyoning 63 mamlakatidagi UnionPay kartalariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi. O‘tkazilgan pul qabul qiluvchining kartasi bankiga qarab, o‘sha zahoti yoki 12 soat ichida tushadi.

"Ipak Yo‘li" banki UnionPay International bilan 2008 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, bank tomonidan butun dunyo bo‘ylab mijozlar faol foydalanadigan 150 mingdan ortiq UnionPay kartalarini muomalaga chiqargan. Bundan tashqari, UnionPay karta egalari kartalaridan foydalanganda ko‘plab aksiya va chegirmalardan foydalanish imkoniyatiga ega.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner