17 мая 2024 г.
Ipak Yo'li Banki tomonidan "Markaziy Osiyo biznesidagi ayollar" konferensiyasi
U 18-may kuni Samarqand shahridagi “Mövenpick Samarkand” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Unda bankimiz vakillari, YeTTB xodimlari, taklif etilgan mehmonlar va tadbirkor ayollar ishtirok etadi.
Konferensiyada tadbirkor, biznes bo‘yicha mustaqil PR-maslahatchi va shaxsiy brend bo‘yicha ekspert Madina Ro‘zmatova “Shaxsiy brendni ishlab chiqish” mavzusida ma’ruza o‘qiydi va o‘zingizni qanday ifoda etish va e’tirof darajasini oshirish haqida so‘zlab beradi.
Bundan tashqari, bank xodimlari bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali biznesni kengaytirish va influence-marketing orqali muvaffaqiyatli sotish bo‘yicha ko‘rsatmalar mavzusida muhokama bo’lib o’tadi.
Moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun mashhur Cash-flow o‘yini ham o‘tkaziladi.
Tadbirning to‘liq dasturi bu yerda.
Havola orqali tadbirga ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
