02 апреля 2021 г.
"Ipak Yo'li" Banki tomonidan davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz mablag'lari hisobidan amalga oshiralayotgan loyihalardagi ishtiroki haqida ma'lumot
"Ipak Yo'li" Banki xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar bilan ishlashda uzoq yillik tajribaga ega bo'lib, bu yo'nalishdagi dastabki qadam 1997 yilda Germaniya taraqqiyot banki KfW bilan hamkorlik aloqalari o'rnatish bo'lgan.
Ushbu hamkorlik doirasida shu yilning o'zida davlat kafolati ostida birinchi xorijiy kredit liniyasi jalb qilingan.
Shu vaqtdan boshlab bugungi kunga qadar Bank tomonidan turli xorijiy bank va xalqaro moliya institutlaridan, jumladan Osiyo Taraqqiyot Banki, Jahon Banki Guruhiga tarkibiga kiruvchi Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi, Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki va Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligidan davlat kafolati ostida hammasi bo'lib qariyb 139,30 mln AQSH dollari ekvivalentida xorijiy kredit liniyalari mablag'lari jalb qilingan.
2021 yil 1 mart holatiga ko'ra Bankning ushbu kredit liniyalari bo'yicha qarzdorlik qoldig'I 118,41 mln AQSH dollarini tashkil qilib, mos ravishda jami qarzdorlikning 20,88 mln AQSH dollari miqdoridagi ulushi Bank tomonidan qaytarilgan.
Davlat kafolati ostida jalb qilingan kredit liniyalari bo'yicha qarzdorlikni so'ndirish doirasida Bank tomonidan 2020 yilda 5,99 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablag'lar qaytarilgan bo'lib, 2021 yilga mo'ljallangan to'lov reja-grafigi asosida 8,72 mln AQSH dollari ekvivalentidagi to'lovlar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.
Bankning asosiy mijoz segmenti kichik va xususiy biznes ekanligini inobatga olgan holda, jalb qilingan kredit liniyalari mablag'lari birinchi navbatda kichik biznes subyektlarining investitsiya loyihalari hamda ular faoliyatini qo'llab quvvatlashga qaratilgan loyihalarga yo'naltirib kelinmoqda.
Ushbu kredit liniyalari mablag'lari doirasida jami bo'lib 1356 ta iqtisodiyotning turli tarmoqlari, shu jumladan meva-sabzavotchilik, to'qimachilik, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, savdo yo’nalishidagi loyihalar moliyalashtirilgan bo'lib, natijada 2500 nafardan ortiq yangi ishchi o'rinlari yaratilgan.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
