24 ноября 2021 г.

“Ipak Yo‘li” banki “Proparco” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Fransiyaning Iqtisodiy hamkorlikda ishtirok etish va ko‘maklashish jamiyati (Proparco) O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun "Ipak Yo‘li" bankiga kredit liniyasini taqdim etdi. Kredit liniya multivalyutali hisoblanib, qiymati 30 million AQSh dollariga teng mablag‘larni AQSh dollarida yoki o‘zbek so‘mida jalb qilish imkoniyatini beradi.

Mijozlarining 70 foizidan ortigʻi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan tashkil topgan "Ipak Yoʻli" bankini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, Fransiyaning Iqtisodiy hamkorlikda ishtirok etish va ko‘maklashish jamiyati (Proparco) qoʻshimcha moliyaviy resurslar taqdim qilish orqali Bankga oʻz faoliyatini rivojlantirishga va shu bilan birga yangi ish oʻrinlarini yaratishga yordam beradi.

Bundan tashqari, xodimlarining 48 foizi ayollardan iborat boʻlgan "Ipak Yoʻli" banki tomonidan gender siyosat qabul qilingan bo’lib, ayollarning o‘z moliyaviy mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga, boshqaruv guruhlari va yuqori boshqaruvdagi vakilligini kuchaytirishga intiladi. Shunday qilib, Bank 2X Challenge tashabbusida ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi. Shuningdek, kredit liniyasining 10 foizi “yashil” loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

“Biz kichik va oʻrta biznesni moliyalashtirish uchun mustahkam oʻrin egallagan "Ipak Yoʻli" banki bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan energiya samaradorligi dasturi doirasida boshlangan hamkorlik Bankning "yashil" moliyalashtirish bo'yicha faoliyatni rivojlantirishga tayyorligini yaqqol namoyon qiladi va uni Proparco uchun mintaqadagi muhim hamkorlardan biriga aylantiradi”, dedi Proparco moliya muassasalari va integratsiya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Emmanuel Xaye.

“Bu bizning Proparco bilan imzolagan ilk shartnomamiz va biz uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikga umid qilib qolamiz. Proparco singari, Ipak Yo‘li xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va kichik va o‘rta biznes oʻrtasida moliyaviy inklyuzivlikni oshirishga qaratilgan. Ushbu kredit liniyasi mikro, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek Oʻzbekistonda yashil loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi”. – AITB “Ipak Yo‘li” boshqaruv raisi Saidabror Saydahmedov ta’kidlab o’tdi.

Proparco haqida

Proparco Fransiya taraqqiyot agentligining (AFD Group) xususiy sektorni moliyalash boʻlimidir. U 40 yildan ortiq davr mobaynida barqaror iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rivojlanishga xizmat qilmoqda. Proparco Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqdagi korxonalarni hamda moliya muassasalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi. Uning faoliyati asosiy rivojlanish tarmoqlariga qaratilgan: infratuzilma, asosan qayta tiklanadigan energiya, agrobiznes, moliya institutlari, sogʻliqni saqlash va ta’lim.

Uning faoliyati 2015 yilda xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xususiy subyektlarning hisobini mustahkamlashga qaratilgan. Shu maqsadda Proparco faoliyati ish o‘rinlari va munosib daromadlarni yaratish, asosiy tovar va xizmat ko‘rsatish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga xizmat qilayotgan kompaniyalarni moliyalashtiradi. Umumiy tinchlik uchun. 

Batafsil ma’lumot: www.proparco.fr 

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner