30 сентября 2021 г.

"Ipak Yoʼli" banki Osiyo taraqqiyot bankidan ikkita yoʼnalish boʼyicha mukofotni qoʼlga kiritdi!

2021 yil 29 sentyabr kuni, Osiyo Taraqqiyot Bankining “Savdoni moliyalashtirish va Yetkazib berish (Ta'minot) zanjirini moliyalashtirish” (TSCFP) dasturi doirasidagi onlayn taqdirlash marosimida "Ipak Yo‘li" Banki 2021 yil uchun OTB bilan hamkorlik yakunlari bo‘yicha ikkita mukofotni qo‘lga kiritdi.

"Ipak Yo‘li" Banki 2020 yilning iyun oyidan 2021 yil iyul oyiga qadar bo‘lgan davrda eng ko‘p bitimlar tuzishga erishgan O‘zbekiston Respublikasining savdoni moliyalashtirish sohasidagi yetakchi hamkor-banki sifatida e'tirof etildi. Bu mukofotga "Ipak Yo‘li" Bank o‘zining amaliyotlar borasidagi faoliyatida savdoni moliyalashtirish mahsulotlarini ishga tushirgan vaqtdan boshlab ketma-ket ikkinchi yil sazovor bo‘lmoqda. Mazkur e'tirof Bankning o‘z mijozlariga savdoni moliyalashtirish doirasida dokumentar operatsiyalar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish borasidagi ishlarining eng yaxshi ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, "Ipak Yo‘li" Banki bank-emitent sifatida 2021 yil uchun “Yilning eng yaxshi bitimi” nominasiyasi bo‘yicha mukofot oldi. Dokumentar akkreditiv doirasida savdoni moliyalashtirish bo‘yicha 1 million AQSh dollariga yaqin miqdorga tuzilgan, O‘zbekiston Respublikasiga COVID-19 va grippga qarshi kurashish bo‘yicha dori-darmonlar importini qoplovchi bitim OTBning 48 ta mintaqaviy a'zo davlatlarining nomzodlari orasidan eng yaxshisi deb e'tirof etildi. Mazkur mukofotni qo‘lga kiritish Osiyo Taraqqiyot Bankiga a'zo mamlakatlar tomonidan  "Ipak Yo‘li" Bankining savdoni moliyalashtirish bo‘yicha ko‘rsatayotgan xizmatlarining yuqori sifatliligi va moslashuvchanligi tan olinganligini bildiradi.

Bugungi kunda "Ipak Yo‘li" Banki innovatsion g‘oyalarni taklif etib, va shu bilan birga o‘z xizmatlarining sifati, hammabopligi va tezkorligi bilan o‘z mijozlarini quvontirgan holda o‘zining savdoni moliyalashtirish bo‘yicha mahsulotlar spektrini kengaytirishda davom etmoqda!

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner