22 октября 2020 г.

«Ipak Yo‘li» banki mijozlari uchun ajoyib yangilik

Endi yuridik shaxslarda 133 turdagi xorijiy valyutada bank o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud.

133 turdagi xorijiy valyutada benefitsiarning hisob raqamiga keyinchalik pul o‘tkazish bilan bank o‘tkazmalarini amalga oshirishda bank AQSh dollarini/Yevroni konvertatsiya qilish bo‘yicha yangi xizmat turini joriy qildi.

Mijozga kerak bo‘ladigan narsa — tegishli tijorat/chakana bank bo‘limi bilan bog‘lanish.

Ushbu turdagi tranzaksiyalarni amalga oshirish jarayoni quyidagicha:

1) Mijoz tomonidan bank o‘tkazmasi uchun to‘lov topshirig‘ini amalga oshirayotganda, tijorat yoki chakana biznes xodimi, shunga ko‘ra, mijozga benefitsiarga yuborilgan valyuta kursi to‘g‘risida xabar beradi, unga ko‘ra operatsiya to‘lov topshirig‘ini (faqat «OUR» komissiya bilan) bajarish paytida amalga oshiriladi.

2) Cut-оff time (benefitsiar banklarning ish vaqti) stavkalari va shartlari aniqlanganidan so‘ng to‘lov topshirig‘ida, to‘lov maqsadi bilan bir qatorda, benefitsiarning hisob raqamiga o‘tkazmaning yakuniy miqdori va valyutasi ko‘rsatiladi.

3) Agar stavkalarni aniqlashtirish va benefitsiarning hisob raqamiga tushadigan miqdorni aniqlash zarurati bo‘lmasa, mijoz tegishli arizani taqdim etadi.

Ushbu xizmat «Ipak Yo‘li» banki mijozlariga o‘zlarining savdo va notijorat tranzaksiyalarining geografiyasini kengaytirish, tashqi savdo hamkorlari bilan mustahkam sheriklik aloqalarini o‘rnatish va o‘z bizneslarining samaradorligini oshirishga imkon beradi.

«Ipak Yo‘li» banki - Tezkor yechimlar banki!

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner