09 марта 2021 г.
«Ipak Yo‘li» banki Global Money Week haftaligida ishtirok etadi
Global Money Week – bolalar va yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida har yili o‘tkaziladigan global ta’limiy targ‘ibot.
Global Money Week 22-martdan 28-martga qadar butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladi. O‘tgan yili ushbu tashabbusni 175 mamlakat qo‘llab-quvvatladi. 2021-yilda O‘zbekistonda global xalqaro kampaniya doirasida bir qator ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar ham tashkillashtiriladi.
Markaziy bank koordinator sifatida avvalroq tijorat banklari vakillari bilan moliyaviy savodxonlik bo‘yicha kampaniyani o‘tkazish bo‘yicha asosiy masalalarni muhokama qilib oldi. O‘z navbatida, “Ipak Yo‘li” banki yoshlarga hayoti davomida asqatadigan foydali ma’lumot va tajribalarga boy bo‘lgan bir qator qiziqarli va foydali uchrashuvlar tashkil qiladi.
Global Money Week shiori – «Learn. Save. Earn» – «O‘qi. Jamg‘ar. Ishlab top». Qanday qilib pulni to‘g‘ri sarflash va qarzga botib qolmaslik mumkin? Mablag‘laringiz tobora ko‘payib borishi uchun nima qilish kerak? Nega moliyaviy savodxonlik – bu matematika emas? Shu va boshqa savollarga yetakchi mutaxassislar avvalo yosh avlodga qaratilgan Haftalik doirasida javob berishadi.
Yoshlik paytida moliyaviy bilimlarini oshirib olgan bola, ertaga ulg‘ayib katta bo‘lganida, pullarni ko‘kka sovurmaydi, kapitalni qanday qilib ko‘paytirishni biladi. Har yili IHTTning moliyaviy ta’lim bo‘yicha xalqaro tarmog‘i (INFE) tashabbusi bilan tashkil etilgan kampaniya ishtirokchilari o‘z bilimlari evaziga tengdoshlaridan bir qadam oldinda bo‘lish imkoniga ega bo‘lishadi.
Bolalar va o‘smirlar uchun ta’limiy Haftalikda muhim narsalar haqida ma’lumot beriladi, ya’ni:
- qancha ko‘p pul topsangiz va oqilona sarflasangiz, shuncha ko‘p sotib olishingiz mumkin.
- nima uchun qaytimlarni hisoblash va cheklarga e’tibor berish kerak?
- qanday qilib qisqa muddatda daromad va xarajatlarni kuzatib borish mumkin?
- moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalari va favqulodda holatlarda kim bilan bog‘lanish haqida.
- hamma narsani ham pulga sotib olib bo‘lmaydi. Biz asosiy qadriyatlar – hayot, munosabatlar, yaqinlarning quvonchini pulga sotib olish mumkin emasligini singdiramiz.
«Ipak Yo‘li» AITB mazkur global tadbirda ikkinchi yil qatnashyapti va O‘zbekistondagi yosh avlodining moliyaviy savodxonligini oshirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
«GMW-2021»ni rivojlantirish Qashqadaryo viloyatidagi maktablarda amalga oshiriladi. Tadbirni o‘tkazish dasturida 5 ta maktab va bitta “Mehribonlik uyi” tanlab olindi. Ularning tarbiyalanuvchilari Global Money Week haftaligida ishtirok etishadi.
Global Money Week doirasida "Ipak Yo'li" banki maktab o'quvchilari o'rtasida eng yaxshi "O‘z qo‘ling bilan jamg‘arish qutichasini yasa" tanlovini o'tkazdi. Shunday qilib, g'oliblar aniqlandi va Bankning Bosh ofisida sovg'alarni ajoyib va iste'dodli xonanda - Sevara Nazarxon g'oliblarga taqdim etdi.
Moliyaviy savodxonlik – bu qiziq! Yangiliklarimizni kuzatib boring. Biz sizga jamiyatning ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu tadbir qanday o‘tishi haqida aytib beramiz.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
