24 марта 2021 г.

"Ipak Yo'li" banki "Global Money Week" doirasida tanlov e'lon qiladi

2021-yilning 22-martidan 28-martiga qadar butun dunyo bo‘ylab «Global money week»ga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi. GMW-2021'ni rivojlantirish uchun «Ipak Yo‘li» AITB tomonidan Qashqadaryo viloyati maktablari tanlab olindi.

Global Money Week’ning asosiy maqsadi – bolalar va yoshlarni pul bilan ehtiyotkorona muomalada bo‘lish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish, shuningdek, o‘sib kelayotgan avlodning moliyaviy savodxonligini oshirishdan iborat. 

Ushbu hafta doirasida «Ipak Yo‘li» AITB "Jamg‘arish qutisini o‘z qo‘llaring bilan yasa” deb nomlangan tanlovni e’lon qiladi. Tanlov yoshlar o‘rtasida 3 toifa uchun mo‘ljallangan: 1-3-sinf o‘quvchilari, 4-5-sinf o‘quvchilari, 6-8-sinf o‘quvchilari va  9-11-sinf o‘quvchilari.

Jamg‘arish qutichalarini «Ipak Yo‘li» AITB bosh ofisiga Abdulla Qodiriy 2 manzili bo‘yicha 23-martdan 27-martga qadar ish vaqtida olib kelishingiz mumkin! (9:00-18:00)

«Ipak Yo‘li» AITB mazkur tanlov orqali butun mamlakatdagi bolalar va yoshlar hayotida ishtirok eta olish imkoniyatidan mamnunligini bildiradi.

Tanlov natijalari 2021 yil 29 martda Bank veb-saytida e'lon qilinadi.

Telegram: https://t.me/finlituzb   

Instagram: http://instagram.com/finlituzb   

Tik-tok: https://www.tiktok.com/@finlituzb   

Web site: www.finlit.uz

Facebook: https://www.facebook.com/finlituzb

Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCNs4B8FabHPZVNwOkgWnthA 

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner