11 июня 2024 г.
Ipak Yo'li Banki: Comic Con Tashkent'ning hamkori
Barcha kino, o'yin va kospley muxlislari e'tiboriga: Ipak Yo'li Banki 15-16 iyun kunlari Humo Arenada bo'lib o'tadigan ajoyib Comic Con Tashkent festivalining rasmiy hamkori hisoblanadi.
Comic Con Tashkent shunchaki festival emas. Bu kino, o'yin va kospley dunyosi! Bu yerda siz sevimli qahramonlaringizni uchratishingiz, ajoyib dizaynerlar bilan tanishishingiz va turli tanlovlarda ishtirok etishingiz mumkin. Shuningdek, festival kunlari ko'plab ko'ngilochar zonalardan bahramand bo'lishingiz mumkin.
Eng zo'ri nima, bilasizmi? Biz Comic Con Tashkent eksklyuziv dizayniga ega maxsus kartalarni yo'lga qo'ydik. Ushbu kartani rasmiylashtirib, siz sevimli yulduzlaringiz bilan avtograf-sessiyasiga kirishingiz mumkin bo'ladi.
Avtograf-sessiyasida kim bo'ladi:
• Maks +100500 (15-iyun)
• Dima Cherevatenko (15-iyun)
• Evgeniy Ivanov (15-iyun)
• Vlad Tokarev (15-iyun)
• Aleksandr Gavrilin (16-iyun)
• Ugolok Akra (16-iyun)
• Pyotr Glanz (16-iyun)
• Irina Yevtyagina (16-iyun)
Avtograf-sessiyasiga kirish uchun siz Ipak Yo'li Banki va Comic Con Tashkent'dan eksklyuziv dizayndagi kartalarimizdan birini ochishingiz lozim. Buning uchun Uzcard, HUMO, Visa Start, Visa Platinum va Mastercard Platinum kartalariga buyurtma berishingiz mumkin.
Kartani qanday olish mumkin? Ipak Yo'li Mobile ilovasiga o'ting, o'zingizga kerak kartani tanlang va shartlar bilan tanishing. Karta festivalning ikkita kuni davomida avtograf-sessiyasiga kirish imkonini beradi.
Muhim: Comic Con Tashkent festivaliga tashrif buyurish uchun alohida chipta sotib olishni unutmang: iticket.uz.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
