03 января 2020 г.

“Ipak Yo’li” Banki chegirmali mega aksiya muddatini uzaytirmoqda

“Ipak Yo‘li” banki shopping ishqibozlari uchun aksiya muddatini uzaytirmoqda: aksiya davomida "Ipak Yo'li" Banki Visa virtual kartalari bo‘yicha barcha to‘lovlar va xaridlar summasidan 0,7% o‘rniga BEPUL amalga oshiriladi.

Mazkur aksiya 2020 yilning 31 mart oyigacha davom etadi. Ushbu davr ichida “Ipak Yo‘li” Banki Virtual kartasidan barcha xaridlar bo‘yicha komissiya 0% bo‘ladi.

Virtual kartani bank mobil ilovasi — "Ipak Yo'li Mobile" orqali ochish mumkin.

Visa Virtual kartani ochish shartlari: karta ochish uchun komissiya — BEPUL, karta bo‘yicha xizmat ko‘rsatish — BEPUL, kartaning hisobida doimiy depozit esa atiga 5 AQSh dollarni tashkil etadi.

Virtual karta birato‘la kartadagi mablag‘larini kiberjinoyatchilardan himoyani ta'minlab beruvchi 3D-secure funksiyasi yoqilgan holda ochiladi.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner