Женская карта Woman Card – Привилегии от Банка Ипак Йули

05 ноября 2021 г.

"Ipak Yo‘li" banki AQSHdagi "Bank of New York Mellon"da dollardagi korrespondentlik hisobini ochdi

Hurmatli «Ipak Yo‘li» banki mijozlari! 

Bankimiz korrespondent banklar tarmog‘ining kengaytirilgani va «Bank of New York Mellon»da AQSH dollaridagi korrespondentlik hisobining ochilganini mamnuniyat bilan xabar qiladi. 

Shu tariqa, «Ipak Yo‘li» AQSHda ikkita korrespondentlik hisobiga ega O‘zbekiston Respublikasidagi yagona nodavlat tijorat bankiga aylandi.

«Bank of New York Mellon» xalqaro to‘lovlar sohasidagi jahonning yetakchi banklaridan sanaladi va haqli ravishda AQSHning amaldagi eng qadimiy banklaridan biridir. Unga AQSH asoschi-otalaridan biri va AQSHning birinchi g‘aznachisi Aleksandr Gamilton asos solgan. Hozirgi paytda «Bank of New York Mellon» 39ta davlatda faoliyat olib boradi hamda o‘z korrespondent banklari uchun uzluksiz va operativ bank amaliyotlarini taqdim etadi. 

«Bank of New York Mellon» banki bilan korrespondentlik munosabatlarining o‘rnatilishi bank mijozlarining dollarda xalqaro to‘lovlar hamda pul o‘tkazmalarini butun dunyo bo‘ylab yuborish va qabul qilish borasidagi imkoniyatlari kengayishiga xizmat qiladi. Amerika banki bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrespondentlik hisoblarining mavjudligi bank mijozlariga o‘zaro hisob-kitoblarni qisqa fursatlarda amalga oshirish, shuningdek, uchinchi banklar ishtiroki bilan bog‘liq to‘lovlarga oid xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.  

«Bank of New York Mellon» hisob raqami:

   - AQSH dollarida № 8901600970

     SWIFT: IRVTUS3N

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner