04 января 2021 г.

"Ipak Yo'li" banki aksiyalarining amal qilish muddatini uzaytirdi

2020 yilda avvalroq eʼlon qilingan bir qator aksiyalar muddati uzaytirilganini eʼlon qilamiz. Bank quyidagi aksiyalar muddatini 2021-yilning oxiriga qadar uzaytiradi.

Aksiya shartlariga koʻra:

– VISA Start / VISA Exchange kartalari Bank ofislarida komissiya xizmat haqisiz taqdim etiladi. Mijozlar VISA Start/VISA Exchange kartalarini mutlaqo BEPUL ochishlari mumkin.

– VISA Platinum Light / VISA Platinum Black / VISA Virtual и Mastercard Platinum Light / Mastercard Platinum Black kartalari orqali toʻlov vaqtida olinadigan KOMISSIYA BEKOR QILINADI. “Ipak Yoʻli” Bankining VISA Platinum Light/VISA Platinum Black/VISA Virtual va Mastercard Platinum Light/Mastercard Platinum Black kartalari egalari toʻlovlarni komissiyalarsiz amalga oshirishlari mumkin.

– Istalgan bankning HUMO kartalari orqali oʻtkazmalar vaqtida ushlab qolinadigan KOMISSIYA BEKOR QILINADI. «Ipak Yo'li Mobile»  mobil ilovasi orqali respublikaning istalgan bankidan olingan HUMO kartalari oʻrtasidagi oʻtkazmalar uchun toʻlov 0%.

– Bank kassalari va bankomatlarida Visa Exchange kartasidan naqd pul yechayotganda ushlab qolinadigan KOMISSIYA BEKOR QILINADI.

Eslatib oʻtamiz:

VISA Start kartasini ochayotganda mijozga UNIONPAY Classic kartasi, VISA Platinum Light, VISA Platinum Black, Mastercard Platinum Light va Mastercard Platinum Black kartalarini ochayotganda esa UNIONPAY Gold kartasi bepul taqdim etiladi.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner