30 августа 2022 г.

“Ipak Yo‘li” banki - Eng yaxshi Host2Host hamkori

“Ipak Yo‘li” banki MBPM – HUMO to‘lov tizimi operatorining “Eng yaxshi Host2Host hamkori” mukofoti bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, “Ipak Yo‘li” banki birinchilardan bo‘lib bank va MBPM o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Host2Host aloqasini o‘rnatish orqali HUMO kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi barcha bankomatlarni ulashni boshladi. Bu, o‘z navbatida, HUMO karta foydalanuvchilari uchun bank bankomatlarida bir zumda yangi funksiyalarni joriy etish imkonini berdi.

Hamkorlarimizga bunday yuksak mukofot uchun minnatdorchilik bildiramiz va bundan keyin ham samarali hamkorlikka umid qilamiz.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner