23 апреля 2020 г.

"Ipak Yo'li" banki - 30 yoshga to'ldi!

Do'stlar, bugun biz uchun shodiyona kun va biz quvonchimizni sizlar bilan baham ko'rishni istaymiz! "Ipak Yo'li" banki 30 yoshga to'ldi!

Bankimizga 1990 yil 23 aprel kuni asos solingan va mana 30 yildirki biz faol rivojlanib, yangi xizmatlarni joriy etib, mijozlarimizga sifatli xizmat ko'rsati kelmoqdamiz va erishilgan yutuqlarimiz bilan cheklanish niyatimiz yo'q. Ishonamiz-ki, biz uchun eng muhim bo'lgan omillar - mijozlarimiz ishonchi, universallik, ochiqlik, innovatsiyalarga intilish va ishonchlilik, muvaffaqiyatga erishish va sizga foyda keltirish yo'lida bizga yordam beradi.

Bu shodiyona kun bilan barcha xodimlarimiz, hamkorlarimiz va shu kungacha bankimizning bir qismi bo'lgan va bo'lib kelayorgan barchani tabriklashni va farovonlik va yangi cho'qqilarni zabt etishni tilashni xohlardik.

Biz chin yurakdan siz azizlarimiz - qadrli mijozlarimizga "Tashakkur" deymiz, negaki biz sizlar tufayli o'samiz, rivojlanamiz.

Va albatta, tabrik so'zlari va iliq tilaklarni qabul qilishga tayyormiz. 30 yillik yubileyimiz sizga ham iliq tuyg'ular hadya etsin va har biringizga tabassum ulashsin!

Tug'ilgan kunimiz muborak bo'lsin! Doim olg'a - yangi ulkan muvaffaqiyat va yutuqlar sari!

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner