05 ноября 2021 г.

"Ipak yo‘li" BAAdagi "Mashreqbank"da dirhamdagi korrespondentlik hisobini ochdi

Hurmatli «Ipak Yo‘li» banki mijozlari! 

Bankimiz Birlashgan arab amirliklarining «Mashreqbank» bankida dirxamdagi korrespondentlik hisobini ochish orqali BAA banklari bilan korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatgan O‘zbekistondagi birinchi tijoriy bankka aylanganini faxr bilan ma’lum qilamiz. 

 «Mashreqbank» BAAning 1967-yilda asos solingan eng qadimiy xususiy banklardan biri hisoblanadi. U Osiyo, Afrika hamda Yevropaning 12ta mamlakati va AQSHda faoliyat yuritgan holda, o‘z hamda korrespondent-banklar mijozlariga an’anaviy va islomiy bank xizmatlarini taklif etadi. Bunda BMT ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi savdo aylanmasi pandemiyaning jahon savdosiga salbiy ta’sirini hisobga olganda 2019-yilda 141,9 mln AQSH dollari va 2020-yilda 71,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi.  

«Mashreqbank» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrespondentlik hisobining mavjudligi BAAdagi hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes yuritish hamda BAAdan qabul qiluvchilar manziliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi va bu o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni tezlashtiradi hamda bu borada bank mijozlarining xarajatlarini kamaytiradi. 

«Mashreqbank»dagi hisob raqami:

   - BAA dirxamlarida № 019030000698

      SWIFT: BOMLAEAD

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner