15 февраля 2021 г.
«Ipak Yo‘li» AITBda xorijiy valyuta sotib olish va sotishga oid amaliyotlarni bajarish tartibining o‘zgarishi haqida bildirish
Sizga ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2021 yilning 9-yanvaridan ichki valyuta bozorida valyuta sotib olish va sotishga oid amaliyotlarni takomillashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi va unga muvofiq 2021 yilning 15 fevralidan ichki valyuta bozorida valyuta sotish va sotib olishga oid amaliyotlarni bajarish tartibi o‘zgartiriladi(batafsil: https://cbu.uz/ru/press_center/news/436150/).
Xorijiy valyuta sotib olishga oid bosh shartnomaning 5.2 bandi va Xorijiy valyutani sotishga oid bosh shartnomaning 5.2 bandiga muvofiq Bank 23.02. 2021 sanasidan quyidagilar bekor qilinishi haqida bildiradi:
- Xorijiy valyutani sotib olishga oid bosh shartnoma va unga qo‘shimcha kelishuvlar;
- Xorijiy valyutani sotishga oid bosh shartnoma va unga qo‘shimcha kelishuvlar.
Shu bilan birga Sizga ma’lum qilamizki, yuqorida ko‘rsatilgan shartnomalar bekor qilinishi vaqtidan boshlab Mijozlar bilan xorijiy valyutani sotib olish va sotishga oid munosabatlar “Ipak yo‘li” AITBda yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlarga bank xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga rozilik shartnomasi asosida Xorijiy valyuta sotish va sotib olish qoidalariga muvofiq tartibga solinadi. Qoidalar Rozilik shartnomasining ajralmas qismiga aylanadi va Mijoz tomonidan mazkur bank xizmatiga ega bo‘lish uchun belgilangan namunaga ariza berilgan vaqtdan boshlab tomonlar uchun majburiy hisoblanadi.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
