13 сентября 2022 г.
«Ipak Yo‘li» АITB OTB tomonidan uchinchi marotaba savdoni moliyalashtirish bo‘yicha yetakchi hamkor bank sifatida tan olindi
«Ipak Yo‘li» Banki ketma-ket uchinchi yil O‘zbekiston Respublikasida savdoni moliyalashtirish sohasida Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan yetakchi hamkor bank deya tan olindi. Osiyo Taraqqiyot Banki bilan “Savdo va yetkazib berish zanjirini moliyalashtirish” (TSCFP) dasturi doirasidagi hamkorlik natijalariga ko‘ra, 2021-yil iyunidan 2022-yil iyuniga qadar bo‘lgan davr oralig‘ida «Ipak Yo‘li» Banki O‘zbekiston banklari orasida savdoni moliyalashtirish bo‘yicha eng ko‘p kelishuvlarni amalga oshirdi.
«Ipak Yo‘li» Bankining mazkur eʼtirofga ketma-ket uchinchi marotaba sazovor bo‘lishi uning savdoni moliyalashtirish doirasida mijozlarga dokumentar amaliyotlar sohasida xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yaxshi bank ekanligini ko‘rsatadi.
![]() |
![]() |
OTB tomonidan mukofotni topshirish marosimi 2022-yil 6-sentabr kuni Singapurda bo‘lib o‘tdi, unga xalqaro tashkilotlar (BMT, SWIFT) vakillari va Osiyo mamlakatlaridan ko‘plab boshqa banklar taklif etildi. Ipak Yo‘li Bani tomonidan mukofotni OTBdan Boshqaruv raisi o‘rinbosari Mirtursunov Davron Shavkatovich va savdoni moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i Bobojonov Shuhrat Аtxamovich qabul qilib oldi.
Bugungi kunda Ipak Yo‘li Banki innovatsion yechimlarni taklif etish orqali savdoni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z mahsulotlari qamrovini kengaytirishda davom etmoqda va bu orqali mijozlarini xizmatlarining sifati, hamyonbopligi va tezkorligi bilan quvontirib kelmoqda!
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
