27 марта 2023 г.

«Ipak Yo‘li» АITB ekologik menejment tizimi

2023-yil 24-martda Toshkent shahridagi Green Park mehmonxonasida muvaffaqiyatli o‘tilgan sertifikatlash yakunlariga ko‘ra «Ipak Yo‘li» АITBga «Bureau Veritas Tashkent» kompaniyasi tomonidan ISO 14001:2015 bo‘yicha xalqaro sertifikatni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Ipak Yo‘li» АITB O'rta Osiyoda ISO 14001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiq Bank ekologik menejment tizimi muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kritigan birinchi bankka aylandi.

So‘nggi yillarda iqtisodiyot va hayotimizning barcha sohalarida ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, dunyoda “yashil iqtisodiyot” va barqaror rivojlanish, qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari, ijtimoiy masʼuliyat, xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlash va samaradorlikni oshirishga tobora ko‘proq eʼtibor qaratilmoqda va shu munosabat bilan barchamizda faoliyatimizni yanada rivojlantirish va yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lyapti.

2022-yil martida «Ipak Yo‘li» АITB rahbariyati tomonidan Bank faoliyatiga ISO 14001:2015 xalqaro standarti talablarini joriy qilishga oid strategik qaror qabul qilingan edi. «Ipak Yo‘li» sertifikatsiyasini sertifikatlash bo‘yicha xalqaro organ, mustaqil ekspertiza, nazorat, sinovlar va sertifikatlash sohasida 200 yillik tajribaga ega jahon yetakchisi bo‘lgan «Bureau Veritas Tashkent» MChJ («Bureau Veritas» guruhi, Fransiya) o‘tkazdi.

 «Bureau Veritas Tashkent» kompaniyasi ham jahonda mustaqil ekspertiza, nazorat, sinovlar va sertifikatlash sohasida yetakchi hisoblanadi va dunyoda 200 yilga yaqin vaqt davomida faoliyat yuritib kelmoqda.

 «Ipak Yo‘li» АITB o‘z faoliyatida ekologik masʼuliyatga ega loyihalarni faol moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Kreditlash bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqishda Bank sog‘liqni saqlash normalariga amal qilish, atrof muhitga taʼsir ko‘rsatish, ijtimoiy masʼuliyat kabi omillarni baholaydi. O‘z ishida tabiatga hurmat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish tamoyiliga amal qiluvchi “yashil” korxonalar Bank uchun eng ustuvor ahamiyatga ega.

Sertifikatsion audit o‘tkazish davomida Bank rahbariyati va xodimlari tomonidan ISO 14001:2015 standartining atrof-muhitga zararli taʼsir ko‘rsatishni bartaraf etish, isteʼmolni optimallashtirish va issiqlik hamda elektr energiya, suv, qog‘oz va yoqilg‘i resurslaridan ratsional foydalanish, ekologik xavflarni aniqlash va kamaytirish qismidagi talablar bajarilishi namoyish etildi. Ekologik ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida Bank xodimlari ish sharoitlari va atrof-muhitga salbiy taʼsirning oldini olish yoki kamaytirish uchun ekologik xavf va aspektlarining tizimli monitoringini o‘tkazadi.

Qo‘lga kiritilgan ISO 14001:2015 sertifikati «Ipak Yo‘li» АITBning milliy va xalqaro bozordagi o‘rnini mustahkamlash, mijoz va hamkorlar ishonchini oshirish, resurslardan meʼyorida foydalanish muhimligini bildirish hamda manfaatdor tomonlarni atrof-muhitni asrash sohasidagi Bank faoliyati haqida xabardor qilish imkonini beradi.

Shu tariqa, «Ipak Yuli» АITB tomonidan qo‘lga kiritilgan ISO 14001:2015 xalqaro sertifikati butun O‘zbekiston bank tizimi ish standartlarini oshirish uchun yaxshi namuna hisoblanadi va mamlakat bank sektori ekologik masʼuliyati uchun yangi yo‘nalishni belgilab beradi.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner