28 февраля 2024 г.
Hurmatli “Ipak Yo‘li” AITB norezident mijozlari
Avvalroq bir qator ommaviy axborot vositalarida bankning norezident mijozlaridan xizmatlardan foydalanishda cheklovlar boʻlmasligi uchun JSHSHIR taqdim etish talabiga oid materiallar eʼlon qilingan edi.
Sizga shuni ma’lum qilamizki, mijozlarga bank xizmatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyatini taqdim etish maqsadida bank tomonidan “Ipak Yo‘li Mobile” ilovasi orqali shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSHSHIR) taqdim etishi kerak bo‘lgan mijozlarga tegishli bildirishnoma yuborildi.
Ta’kidlash kerakki, mazkur talab Markaziy bankning “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risida”gi nizomida (2023-yil 8-fevraldagi 3420-sonli MJ Reg.) belgilangan standart amaliyot bo‘lib, bankning barcha mijozlariga, shu jumladan norezidentlarga ham taalluqlidir.
“Oʻz mijozingni bil” qoidalariga muvofiq, bank oʻz mijozlarining shaxsiy maʼlumotlarini yangilash uchun maʼlumot soʻrash huquqiga ega.
Shuni ham taʼkidlashni istardikki, barcha mijozlarning hisoblari va mablagʻlari foydalanish uchun ochiqligicha qoladi va pul mablagʻlarini tasarruf etishda hech qanday cheklovlar mavjud emas.
Hamkorligingiz va bizni tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
