19 апреля 2023 г.

«GLOBAL MONEY WEEK 2023»

“Ipak Yo‘li” banki O‘zbekiston Markaziy banki rahbarligi ostida bolalar va yoshlarning moliya va iqtisodiyot sohasidagi bilim darajasini oshirish maqsadida navbatdagi “GLOBAL MONEY WEEK 2023” moliyaviy ta’limga oid aksiyani o‘tkazmoqda.

Bu yilgi “GLOBAL MONEY WEEK 2023” ma’rifiy aksiyasi “Ipak Yo‘li” bankida Toshkent, Farg‘ona va Qarshi shaharlaridagi maktab o‘quvchilari va talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” bilan boshlandi. Bankning bosh ofisi va filiallariga Toshkent shahridagi “Lider” maktabi, Buxoro shahridagi “Alfraganus” xususiy maktabi va Farg‘ona shahridagi Farg‘ona politexnika instituti o‘quvchilari tashrif buyurdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad bolalar va o‘smirlarni moliyaviy savodxonlik va iqtisodiy bilimlarga keng jalb etishdan iborat. O‘nlab bolalar va talabalar bankka tashrif buyurib, bank ish jarayonlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.

Bolalar bank tomonidan mijozlarga taqdim etilayotgan karta turlari bilan tanishdi, shuningdek, bitta kartaning yaratilish jarayoniga guvoh bo‘ldi.

Farg‘ona politexnika instituti talabalari uchun “Axborot xavfsizligi va bank kartalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Bank xodimlari kreditlar, depozitlar, mikrokreditlar va boshqa bank mahsulotlari nima ekanligini sodda va aniq tilda tushuntirib berishdi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar bankning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Biz yosh avlod bilan uchrashishdan va moliyaviy savodxonlik sohasidagi barcha ko‘nikma va bilimlarimizni o‘rgatishdan xursandmiz va umid qilamizki, bu kun ular uchun unutilmas bo‘ldi, chunki ular nafaqat moliyaviy institutni ichkaridan ko‘rishdi, balki bu kasbni o‘rganmoqchi bo‘lganlar kelajakda nimalarga e'tibor berishlari kerakligini ham bilib olishdi.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner