27 марта 2023 г.
Global Money Week 2023
O‘zbekiston Markaziy banki koordinatorligi ostida har yili o‘tkaziladigan «Global Money Week 2023» global taʼlim kampaniyasi bankimiz tomonidan bir necha marotaba o‘tkazilmoqda va uning doirasida biz “Orzuyimdagi karta” tanlovi boshlanganini eʼlon qilamiz. U shu yilning 26-martidan 15-apreligacha bo‘lib o‘tadi.
Tanlov shartlari:
1) Tanlovda 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etadi.
2) Tanlovda qatnashish uchun bolaning ota-onasi «Ipak Yoli Mobile» mobil ilovasida identifikatsiyadan o‘tishi yoki oldindan o‘tgan bo‘lishi kerak. Identifikatsiyadan ilovaning o‘zida masofadan yoki bankimizning eng yaqin ofisida o‘tish mumkin (yoningizda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak).
3) Bola bank kartasida ko‘rishni xohlagan rasmni chizishi lozim. Rasm bolaning o‘zi tomonidan А4 formatidagi qog‘ozga chizilgan bo‘lishi kerak. Varaqning orqa tomonida pastki o‘ng burchakda bolaning familiyasi, ismi, yoshi va rasm nomi, shuningdek, ota-onalardan birining telefon raqami ko‘rsatilishi kerak.
4) Tayyor rasmlar 15-apreldan kechikmagan muddatda «Ipak Yo‘li» banki Bosh ofisi kanselyariyasida qabul qilinadi.
5) G‘olib taqdirlashga kelmagan va taqdirlash kunidan so‘ng 5 kun oralig‘ida bank tomonidan belgilangan yutuqni olib ketmagan holatda, ushbu tanlovdagi ishtiroki va g‘alabasi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Barcha qiziqtirgan savollar yuzasidan quyidagi raqamga murojaat qiling: 78 140 69 17 (ichki liniya raqam 1182)
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
