20 мая 2022 г.
Global Money Week 2022: O‘z kelajagingizni quring, pulga oqilona munosabatda bo‘ling
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muvofiqlashtirilgan «Global Money Week 2022» global ta'lim kompaniyasi doirasida «Ipak Yo‘li» AITB tomonidan Respublikamiz hududlarida navbatdagi o‘quv tadbirlari o‘tkazildi. “O‘z kelajagingizni quring, pulga oqilona munosabatda bo‘ling” shiori ostida Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida o‘quv tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Shuningdek, Bank mutaxassislari tomonidan Qashqadaryo viloyati maktablarida turli fan pedagoglari uchun moliyaviy savodxonlikni oshirish mavzusida ochiq darslar tashkil etildi. Maktab o‘quvchilari ishtirokidagi ochiq darslar samarali tarzda hamda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. O‘tkazilgan ochiq darslar davomida bolalar moliyaviy savodxonlikni o‘rganishga qiziqish va ishtiyoq bilan yondashishdi. Eng yaxshi ochiq darslar quyidagi maktab pedagoglari tomonidan o‘tkazildi:
1-maktab:
Hamraeva Shahnoza
To‘raqulova Gulnoza
Toshtemirova Nigora
23-maktab:
Djeparova Nargiza
11-maktab:
Abdimajidova Dilobar
Xonkeldieva Gulandon
Pedagoglar ham, o‘quvchilar ham mukofot va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Biz yoshlarimiz moliyaviy savodxonligini oshirishga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz, chunki bizning farzandlarimiz– bizning kelajagimizdir!
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
