06 января 2022 г.

FMO va “Ipak Yo‘li” banki O‘zbekistonda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln AQSh dollarlik kredit shartnomasini imzoladi

“Ipak Yo‘li” banki Niderlandiyaning tadbirkorlikni rivojlantirish banki (FMO) tomonidan O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun qiymati 50 mln АQSh dollariga teng bo‘lgan kredit mablag‘larni jalb qildi. 

Navbatdagi hamkorlik dasturi doirasida ajratilgan kredit mablag‘lari multivalyuta ko‘rinishida taqdim etiladi, bu esa kredit mablag‘larini АQSh dollarida hamda milliy valyutada jalb etilishi mumkinligini anglatadi. 

FMO bankining investitsiyalar bo‘yicha direktori Uib-Yan de Ryuyter: “Biz “Ipak Yo‘li” Banki bilan ko‘p yillik aloqalarimizni so‘ngi yuqori samaraga ega kelishuv orqali mustahkamlashdan mamnunmiz. Аjratilayotgan kredit mablag‘lari asosan “yashil” loyihalarni hamda moliyalashtirishga ehtiyoji bo‘lgan yosh tadbirkorlani va ayol tabdirkorlarni, qolaversa qishloq xo‘jaligi va mikro sektorda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi, bu esa “Ipak Yo‘li” Banki missiyasing bizning “Yashil moliyalashtirish” hamda “Tengsizlikni qisqartirish” dasturlarimizga mos kelishidan dalolat beradi.”

Imzolangan shartnomaga muvofiq, Bank kredit mablag‘larni kichik va o‘rta biznes sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiradi, va o‘z navbatida energiya samaradorligini, xususan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Bank tomonidan mamlakatdagi yosh tadbirkorlar, shuningdek, ayol tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish uchun moliya mablag‘lari ajratiladi. 

“Erishilgan mazkur kelishuv bizning hamkorligimiz doirasida yana bir ahamiyatli voqea sanalib, O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shadi. Jalb qilingan kredit mablag‘lari “Ipak Yo‘li” Bankining kelgusidagi rivojiga xizmat qiladi, hamda xususiy korxonalar orasida energiya resurslaridan samarali foydalanilishini taʼminlashga salmoqli hissa qo‘shishga yordam beradi. Shuni taʼkidlash joizki, kredit mablag‘lari tufayli Bank yosh tadbirkorlar va ayol tadbirkorlar rahbarligi ostidagi xususiy korxonalarda yangi ish o‘rinlari yaratilishga yordam beradi, - izohladi Bankning Boshqaruvi raisi Saidabror Saydaxmedov.

“Ipak Yo‘li” bankining FMO bilan hamkorligi 2013 yildan boshlab mamlakatimizda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun qiymati 13 mln АQSh dollariga teng bo‘lgan kredit liniyasini taqdim etilishidan boshlangan. Keyingi yillarda banklar o‘rtasida qiymati 78 mln АQSh dollariga teng bo‘lgan yana 4 ta kredit shartnomalari imzolangan. 

__

FMO haqida ma’lumot

FMO – Niderlandiya tadbirkorlikni rivojlantirish banki. Yetakchi investorlardan biri sifatida FMO rivojlanayotgan davlatlar hamda rivojlanayotgan bozorlarda xususiy sektorning barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydi. FMO bankiga ko‘ra, kuchli xususiy sektor iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish asosi hisoblanadi va u insonlarga o‘z ko‘nikmalaridan foydalanib, turmush sifatini yaxshilash uchun imkoniyat yaratish borasida 50 yillik ish tajribasiga ega. FMO diqqatini rivojlanishga katta taʼsir ko‘rsatuvchi uchta sektorga qaratadi: moliya institutlari, energetika va agrobiznes, oziq-ovqat va suv ta’minot. 85 ta mamlakatni qamrab olgan 9,3 mlrd. yevroga teng portfel bilan dunyodagi xususiy sektorni ikki tomonlama rivojlantiruvchi yirik banklardan biri hisoblanadi. Qo‘shimcha maʼlumot uchun: www.fmo.nl

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner