01 марта 2021 г.
Endi «Zolotaya Korona»ni MasterCard'ga qabul qilish mumkin!
Bahor kirib keldi, demak yangilanish fasli boshlandi.
Biz ham chetda qolganimiz yo‘q va xushxabarimizni sizlar bilan bo‘lishishdan mamnunmiz!
1 martdan boshlab «Zolotaya Korona» pul o‘tkazmalarini "Ipak Yo'li Mobile" mobil ilovasi orqali MasterCard kartalariga kirim qilish imkoni taqdim etiladi.
Yaqinlaringiz g‘amxo‘rligini his eting va biz bilan birga hayotingizni yengillashtiring.
«Ipak Yo‘li» banki. Eng yaxshisi – oldingizda.
"Zolotaya Korona" pul o'tkazmalarini Visa, MasterCard yoki UnionPay kartasiga qanday qilib qabul qilish mumkin? Batafsil qo'llanmani o'qib chiqing:
- "Ipak Yo'li Mobile" ilovasida identifikasiyadan o‘tgan foydalanuvchi va bizning bankimiz tomonidan chiqarilgan VISA/UnionPay/Mastercard kartasi egasi ekanligingizga ishonch hosil qiling.
- Ilovada «O'tkazmalar» bo‘limini, undan keyin «Zolotaya Korona»ni tanlang.
- Ochilgan oynadagi shartlar bilan tanishib chiqing va «Roziman» tugmasini bosing.
- Ana shundan keyingina pul o‘tkazmasini tasdiqlovchi kodni kiriting.
- «O‘tkazmani olish» tugmasini bosing.
- «Kartaga kirim qilish» opsiyasini tanlang va kartangiz raqamini kiriting. Bo‘ldi!
Pul o‘tkazmasi hisobingizga o‘tkazilganidan keyin ilovaning o‘zida, hamda SMS orqali hisobingiz to‘ldirilganligi haqida xabar keladi.
«Zolotaya Korona» pul o‘tkazmalarini tez va o‘zingizga qulay vaqtda kartangiz hisobiga qabul qiling.
Batafsil ma'lumot YouTube kanalimizda.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
