26 сентября 2023 г.

E'lon

Hurmatli “Ipak Yo‘li” AITB mijozlari!

Mahsulotlar, xizmatlar va texnologiyalar importi bilan bog‘liq shartnomalar mavjud bo‘lgan taqdirda, sizni va bankni sanksiya xavflaridan himoya qilish maqsadida quyidagilarga e’tibor berishingizni so‘raymiz:

Ø Xarid qilinayotgan tovar quyidagi mamlakatlar/hududlardan olib kelinmasligi, shuningdek, tranzit qilinmasligi, yoki ular orqali/da ishlab chiqarilgan bo‘lmasligi kerak: Ukrainaning okkupatsiya qilingan Qrim viloyati, Ukrainaning okkupatsiya qilingan Donetsk hududi, Ukrainaning okkupatsiya qilingan Lugansk hududi, KXDR (Shimoliy Koreya), Eron, Kuba, Suriya, Myanma.

Buning aksi aniqlangan taqdirda tashkilotingizga nisbatan quyidagi choralar ko‘rilishi mumkinligidan ogohlantiramiz:

ü mahalliy va/yoki tashqi idoralar tomonidan ikkilamchi sanksiyalar;

ü tashkilotingizning valyuta mablag‘lari vakillik banklari tomonidan muzlatib qo‘yilishi mumkin;

ü Sizning joriy hisobraqamingizga xizmat ko‘rsatish shartnomasi Bank tomonidan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner