Корпоративные карты
01-Iyun, 2026
VISA Infinite kartalari egalari uchun xizmat ko‘rsatish shartlaridagi o‘zgarishlar
Hurmatli mijozlar!
2026-yil 15-iyundan boshlab VISA Infinite kartalari egalari uchun depozit yacheykalarini bepul taqdim etish xizmati bekor qilinishini ma’lum qilamiz.
Mazkur sanaga qadar depozit yacheykasini imtiyozli shartlarda ijaraga olish bo‘yicha amaldagi shartnomaga ega bo‘lgan mijozlar uchun xizmat shartnoma muddati tugaguniga qadar amaldagi shartlar asosida davom ettiriladi. Shartnoma muddati yakunlangandan so‘ng depozit yacheykasini ijaraga olish bankning amaldagi tariflariga muvofiq amalga oshiriladi.
2026-yil 15-iyundan boshlab VISA Infinite kartalari egalari uchun depozit yacheykalarini ijaraga olish xizmati bankning amaldagi tariflari asosida pullik tarzda taqdim etiladi.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
