
07-Avgust, 2026
Ipak Yuli Bank 100 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi
Ipak Yuli Bank «Toshkent» Respublika fond birjasida 100 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalar emissiyasini muvaffaqiyatli joylashtirdi.
Investorlar talabi emissiya hajmidan 2,4 baravar yuqori bo‘ldi. Bu esa bozorning yuqori qiziqishi va investorlarning bankka bo‘lgan ishonchini tasdiqlaydi.
Joylashtirishda banklar, aksiyadorlik jamiyatlari hamda brokerlik kompaniyalari ishtirok etdi. Buyurtmalar kitobi (book building) yakunlariga ko‘ra, joylashtirish stavkasi yiliga 17,25% etib belgilandi.
Jalb qilingan mablag‘lar bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda mijozlarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi.
Obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirish Ipak Yuli Bank uchun kapital bozoridagi faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘lib, bankning bozor sharoitlarida moliyalashtirishni muvaffaqiyatli jalb etish salohiyatini yana bir bor tasdiqladi.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
