Ipak Yuli Bank IFCning Katalitik birinchi yo‘qotishlarni qoplash kafolati dasturiga (Catalytic First Loss Guarantee Program) qo‘shilgan O‘zbekistondagi birinchi bank bo‘ldi

01-july, 2026

Ipak Yuli Bank IFCning Katalitik birinchi yo‘qotishlarni qoplash kafolati dasturiga (Catalytic First Loss Guarantee Program) qo‘shilgan O‘zbekistondagi birinchi bank bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston, 2026-yil 15-iyun — Ipak Yuli Bank Xalqaro moliya korporatsiyasining (IFC) Katalitik birinchi yo‘qotishlarni qoplash kafolati dasturiga (Catalytic First Loss Guarantee Program) qo‘shilgan O‘zbekistondagi birinchi moliya muassasasiga aylandi. Bu bankning mamlakat bo‘ylab mikro, kichik va o‘rta biznes (MKO‘B) subyektlarining moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga bo‘lgan sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.
 

 

Mazkur muhim bitim doirasida IFC Katalitik birinchi yo‘qotishlarni qoplash kafolati dasturi doirasidagi ilk investitsiyasini amalga oshirib, Ipak Yuli Bankning milliy valyutadagi qariyb 100 million AQSH dollari ekvivalentidagi MKO‘B kredit portfelini kafolat bilan qo‘llab-quvvatladi. Mazkur kafolat mexanizmi bankka mikrokorxonalar, ayol tadbirkorlar, shuningdek qayta tiklanuvchi energetika va energiya samaradorligi sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish imkonini berib, moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish hamda O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
 

 

Mikro, kichik va o‘rta biznes O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi, biroq ushbu sektor hali ham moliyalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Mazkur hamkorlik Ipak Yuli Bankga moliyalashtirish imkoniyatlari cheklangan MKO‘B subyektlarini kreditlashni kengaytirish hamda mamlakatda xususiy sektorning yanada inklyuziv rivojlanishiga hissa qo‘shish imkonini beradi.
 

 

“Biz IFCning Katalitik birinchi yo‘qotishlarni qoplash kafolati dasturiga qo‘shilgan O‘zbekistondagi birinchi bank bo‘lganimizdan faxrlanamiz. Ushbu innovatsion kafolat mexanizmi bizga moliyalashtirish imkoniyatlari cheklangan mikro, kichik va o‘rta biznesni, xususan mikrokorxonalar va ayol tadbirkorlarni moliyalashtirishni kengaytirish, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligi sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish hajmini oshirish imkonini beradi. IFC bilan hamkorlikda biz yanada ko‘proq tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va O‘zbekistonda inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga hissa qo‘shishni maqsad qilganmiz”, — qayd etdi Ipak Yuli Bank Boshqaruvi raisi Umidjon Xakimov.

 

 

Mazkur bitim Ipak Yuli Bank va IFC o‘rtasida 2018-yilda boshlangan uzoq muddatli hamkorlikni yanada mustahkamladi. Shu davr mobaynida IFC bankka jami 102 million AQSH dollari miqdorida moliyalashtirish taqdim etdi, jumladan 67 million AQSH dollari miqdoridagi sindikatsiyalashgan kreditni ajratdi. Ushbu moliyalashtirish MKO‘Bni, shu jumladan ayol tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
 

 

“Ipak Yuli Bank bilan hamkorlik IFCning O‘zbekiston bo‘ylab barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sodiqligini mustahkamlaydi. Xususiy kapitalni mikrokorxonalar, ayol tadbirkorlar va ekologik barqaror biznesni, jumladan poytaxtdan tashqaridagi hududlarda qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish orqali IFC moliyalashtirishdagi tafovutni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va mamlakatning yanada barqaror iqtisodiyotga o‘tishiga ko‘maklashishni maqsad qilgan”, — ta'kidladi IFCning Yaqin Sharq, Turkiya, Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha Moliyaviy institutlar guruhi mintaqaviy direktori Momina Aijazuddin.

 

 

Moliyalashtirishdan tashqari, IFC Ipak Yuli Bankka strategik konsalting ko‘magini ham taqdim etadi. Mazkur ko‘mak bankning mahsulot va xizmatlarini MKO‘B mijozlari, jumladan ayol tadbirkorlar ehtiyojlariga yanada moslashtirish hamda bankning barqaror o‘sishini ta’minlashga ko‘maklashishga qaratiladi.

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner