03 ноября 2020 г.
Butunjahon jamg‘arma kuniga e'lon qilingan tanlovining yakunlari
Butunjahon jamg‘arma kuni munosabati bilan 20 oktyabr' kuni e'lon qilingan tanlovimizning yakunlarini kuni kecha o‘tkazdik. Tanlov o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida o‘tkazilib, nafaqat oqilona tejamkorlik va moliyalarni jamg‘arish, balki vaqt, kuchdan samarali foydalanish va atrof-muhitni asrash haqida ham eslatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi.
Tanlov 20 oktyabrdan 30 oktyabrgacha o‘tkazildi, yosh ishtirokchilarimiz tanlov ishlarini telegram-bot orqali jo‘natishdi. Bolalardan kelgan javoblar va kattalar bilan o‘z dunyoqarashlari bilan bo‘lishishga tayyor ekanliklari bizni bag‘oyat xursand qildi. Tanlovimizga qiziqish bildirgan va unda ishtirok etish istagini bildirgan hammaga minnatdorchilik bildiramiz.
Natijada maxsus komissiya barcha ishlarni o‘rganib chiqdi va g‘oliblarni hamda sovrindor-ishtirokchilarni aniqladi;
⠀
Shunday qilib, rasmlar tanlovi g‘oliblari:
⠀
1 o‘rin — Perevoznikova Anastasiya, Xusanboeva Moxinur;
2 o‘rin — Tobita Maki;
3 o‘rin — Kahhorova Navro‘za;
⠀
Esse tanlovining g‘oliblari:
⠀
1 o‘rin — Sodiqov Qayrat;
2 o‘rin — Muratova Samira;
3 o‘rin — Uzakova Samira;
Barcha sovrindorlar bankka taklif qilinib, sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
«Ipak Yo‘li» banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bunday tashabbuslarini doim o‘zgacha e'tibor va ulkan mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Ishonamiz-ki, bunday tanlovlarning o‘tkazilishi yosh fuqarolarning oqilona tejamkorlik, moliyalarni jamg‘arish va resurslardan samarali foydalanishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
