12 ноября 2021 г.

«Butunjahon jamg‘arish kuni» «Ipak Yo‘li» banki bilan

Pul jamg‘arishni qanday o‘rgansa bo‘ladi, uni nimalarga sarflagan ma’qul, qanday moliyaviy  yo‘qotishlardan qochish kerak? Bu savollarga ba’zan hatto katta odam ham javob bera olmaydi, lekin yoshlikdanoq ushbu bilimlarga ega bo‘lish mumkin. “Ipak Yo‘li” banki mutaxassislari maktab o‘quvchilari uchun mashg‘ulot o‘tkazib, moliyaviy savodxonlik nafaqat qiziqarli, balki muhim ekanligini aytib berishdi. 

Interaktiv mashg‘ulot uchun Butunjahon jamg‘arish kuni (World Savings Day) sabab bo‘ldi, uni an’anaga muvofiq ko‘plab davlatlarda 1924-yildan buyon nishonlashadi. 

Uning asosiy maqsadi mablag‘larni tejash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash va saqlab qolishdan iborat. Shuningdek, bu bilimlar har bir odam uchun foydali va kerakli.

Bir necha yildan buyon ushbu sana doirasida «Ipak Yo‘li» banki O‘zbekiston Markaziy banki tashabbusiga qo‘shilgan holda turli hududlar ta’lim muassasalarida qator uchrashuvlar o‘tkazib keladi.  

Joriy yilda mutaxassislar Andijon viloyatidagi maktabga tashrif buyurishdi. Bank xodimlari o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan har bir inson hayotida jamg‘armalarning o‘rnini muhokama qilishdi. Misollar asosida moliyaviy savodxonlik, mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash va o‘z kelajagiga sarmoya qilish haqida tushuntirishdi. 

Tadbirda qatnashgan barcha ishtirokchilar “Ipak Yo‘li” bankining esdalik mukofotlari va sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. 

Yoshlarimizning moliyaviy savodxonlik darajasi va jamg‘arish madaniyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratish juda muhim.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner