06 марта 2023 г.

Biznes ayollar

Biznesda ayollar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlovchi Markaziy Osiyodagi “Biznesda ayollar” dasturi (CAWiB) doirasida 2023-yil 3-mart kuni «TADBIRKOR AYOL» birinchi to‘liq qamrovli seminari bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda tadbirkorlar, konsultantlar texnik ko‘magida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, IPC va Sparkassenstiftung konsalting kompaniyasi, shuningdek, «Paper Planes» konsalting kompaniyasi ishtirok etdi.

Seminarni «Ipak Yo'li» АITB boshqaruvi raisi – Safarov M.А. salomlashuv nutqi bilan ochib berdi va ayollarni kirib kelayotgan bayram bilan tabrikladi. YeTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Аlkis Drakinos O‘zbekistondagi YeTTB missiyasi haqida qisqacha so‘zladi va bu yo‘nalishdagi ustuvor yo‘nalishlar bilan bo‘lishdi.

YeTTBning O‘zbekistondagi “Kichik biznes uchun maslahatlar” dasturi katta tahlilchisi Nazira Dadaxonova «YeTTB kichik biznes uchun konsultatsiyalar» nomli taqdimoti davomida YeTTB kichik biznesni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qanday ko‘maklashishi haqidagi mavzuni ochib berdi. Bundan tashqari, YeTTB tadbirkor-ayollarni rivojlantirishda quyidagi 3ta ustuvor yo‘nalish bilan bo‘lishdi:

• moliyaviy mablag‘lardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash

• xodimlar sonini oshirish va tadbirkor ayollar ko‘nikmalarini yaxshilash

• infrastrukturani rivojlantirishga qaratilgan xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish

Bu bandlarning barchasi YeTTBning 2021-2025-yillardagi gender tenglikni targ‘ib qilish strategiyasiga ham kiritilgan.

Seminarda, shuningdek, tantanali nutq bilan Shparkassenstiftung (Germaniya) fondi uzoq muddatli eksperti va vakili Matias Vangler chiqish qildi. Tabrik so‘ngida fond vakili Bank xodimlariga moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish bo‘yicha o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagani to‘g‘risida sertifikatlar topshirdi.

So‘ng o‘z taqdimoti bilan YeTTBning Markaziy Osiyodagi “Biznesda ayollar” dasturi koordinatori, «Ipak Yo'li» АITB DT kreditlash departamenti huzuridagi korporativ kreditlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Kulieva Nodiya chiqish qildi. Dastur koordinatori Bank tomonidan tadbirkor ayollarga taqdim etilayotgan, jumladan, biznesdagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan moliyaviy hamda nomoliyaviy xizmatlarni ichiga olgan imkoniyatlar haqida so‘zladi.

Shuningdek, Paper Planes Consulting Agency kompaniyasi digital-loyihalari rahbari Аlina Belyakova master-klass bilan ishtirok etdi.

Tadbir so‘ngida barch ishtirokchilarga «Ipak Yo‘li» bankidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner