24 сентября 2021 г.

Bizga 1296 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qiling!

Maqsadimiz – mijozlarimizga imkon qadar katta qulaylik bilan xizmat ko‘rsatish. Shu sababli 24/7 aloqada bo‘lish bank uchun juda muhim. Bir tomondan, biz faol ravishda masofaviy kanallarni rivojlantiryapmiz, boshqa tomondan esa — mijozlardan kelib tushayotgan qo‘ng‘iroqlar sonini oshiryapmiz.

Shu munosabat bilan sizga bankimizning modernizatsiya qilingan aloqa markazini taqdim etishdan mamnunmiz. U ultrazamonaviy makonda joylashgan va eng ilg‘or uskunalar bilan jihozlangan. Markazda operatorlar ishi qulay bo‘lishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Hozirning o‘zidayoq aloqa markazida 30 dan ziyod xodim faoliyat yurityapti, 2022-yilga borib esa xodimlar sonini 70 kishiga yetkazish rejalashtirilgan. Aloqa markazi xodimlari mijozlarga zarur ma'lumotlarni taqdim etishadi, yuzaga kelgan muammolarni hal etishda ko‘maklashishadi, shuningdek, bank mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanishadi. Mutaxassislar mijozlarga 1296 qisqa raqami, mobil ilovaning chatida hamda @IpakSupport orqali Telegram messenjerida konsultatsiya berishlari mumkin bo‘ladi.

Eski aloqa markazining  telefon raqami +998781406900 ham mavjud.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner