30 августа 2022 г.

Bayram kunlaridagi ish tartibi

Hurmatli mijozlar, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik Kuni bayram qilinishi va shu sababli e'lon qilingan bayramona dam olish kunlari munosabati bilan, sizni ish tartibimiz bilan tanishtirib o‘tmoqchimiz:

– 1 va 4 sentyabr – bankning barcha filiallarida dam olish kunlari;

– 2 va 3 sentyabr - keltirilgan ro'yxatga muvofiq bir nechta filiallarda ish kunlari *;

– 5 sentyabr - ish kuni.

* 2 va 3 sentabr kunlari Toshkent shahrida 3 ta filial: Sag‘bon filiali, Shayxontohur filiali va Yakkasaroy filiali ishlaydi. Shuningdek, viloyatlardagi 3 ta filial: Samarqand shahridagi Umar filiali, Qarshi shahridagi filial va Farg'ona shahridagi filial.

Ushbu filiallarda ayirboshlash shaxobchalari faoliyat yuritadi, shuningdek, pul o‘tkazmalarini jo‘natish va qabul qilish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, pul o‘tkazmalari tizimlari 2-sentabr kuni — soat 9:00 dan 17:00 gacha, 3 sentyabr kuni soat 9:00 dan 13:00 gacha ishlaydi.

Ipak Yo‘li Mobile ilovamiz orqali siz 24/7 tarzda bank bilan bog‘liq savollarni hal qilishingiz, o‘tkazmalar jo‘natishingiz, kartaga buyurtma berish, pul o'tkazmalarini yuborish/qabul qilish va boshqa ko‘plab ishlarni bajarishingiz mumkin. Аgar valyuta ayirboshlash xizmati zarur bo‘lsa, bankomatlarimizdan foydalaning.

Bog‘lanish uchun aloqa markazimiz tunu kun faoliyat yuritadi, unga ushbu raqam orqali qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin 1296 hamda telegram orqali @IpakSupport.⠀

Dam olish kunlaringiz xayrli o‘tsin.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner