18 января 2021 г.

Bankning 2020 yildagi eng yaxshi xodimlarini taqdirlash marosimi

Hammamizga ma'lum-ki, har bir kompaniya faoliyatida xodimlarning professionalligi muhim ahamiyatga ega. Bank rahbariyati, har bir xodim ishining, ayniqsa, o‘tgan yil sharoitlarida, muhimligini tushungan holda, eng ko‘p jonbozlik ko‘rsatgan xodimlarga chuqur minnatdorchiligini bildirishga qaror qildi. Shunday qilib, Bank «2020 yilning eng yaxshi xodimi» nominasiyasida tantanali taqdirlash marosimini o‘tkazdi.

   

   

   

   

Bu muhim sovrin bilan ishda, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida yuqori kasbiy mahorat namoyish etgan, shuningdek, «Ipak Yo‘li» Banki filiallari tizimida bank xizmatlari va mahsulotlarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan xodimlar taqdirlandilar. G‘oliblar O‘zbekistonning tog‘li hududlaridagi mehmonxonada oilaviy dam olish uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishdi.

   

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner