15-Iyun, 2026
Jamoat transportida yo‘l haqi bo‘yicha chegirma shartlarining yangilanishi
1-iyuldan boshlab Visa Start Sum, Woman Card, Visa Platinum Sum, Visa Infinite Sum, Visa Kids va “Imkoniyatlar kartasi” kredit kartasi egalari uchun keshbek tizimi ishga tushiriladi.
Endilikda ATTO tizimi orqali jamoat transporti uchun to‘lov qilganingizda kuniga 2 ta safar uchun 50% keshbek olasiz.
Shu bilan birga, jamoat transportida kuniga 2 martagacha 990 so‘mlik imtiyozli yo‘l haqi aksiyasi bekor qilinadi.
Buning o‘rniga, kuniga 2 ta safar uchun yo‘l haqi qiymatining 50% qismi keshbek sifatida qaytariladi — har bir safar uchun 850 so‘mdan.
Har bir safar uchun hisoblanadigan maksimal keshbek miqdori 2 000 so‘mni tashkil etadi.
Keshbek olish uchun avvalgi kalendar oy davomida kartadan kamida 500 000 so‘m miqdorida xarajat qilingan bo‘lishi kerak.
Masalan, agar iyun oyida yuqorida ko‘rsatilgan kartalar orqali 500 000 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ sarflasangiz, iyul oyidan boshlab safarlar uchun keshbek olishingiz mumkin bo‘ladi.
Shuningdek:
Visa Kids kartalari uchun keshbek ota-ona kartasi bo‘yicha shartlar bajarilgan taqdirda taqdim etiladi. Barcha shartlar bajarilganda keshbek ham bolalar kartasiga, ham ota-ona kartasiga hisoblanadi.
Visa Oylik kartalari egalari uchun keshbek oylik xarajatlar miqdoridan qat’i nazar hisoblanadi.
Visa PUBG MOBILE karta egalari uchun UC olish shartlari yanada qulay bo‘ldi: endi UC’da keshbek olish uchun talab qilinadigan aylanma 40 000 so‘mgacha kamaytirildi. Avval har 47 000 so‘m xarajat uchun 1 UC keshbek berilgan bo‘lsa, endi har 40 000 so‘m xarajat uchun 1 UC keshbek taqdim etiladi.
Shuningdek, imtiyozli yo‘l haqi aksiyasi ham bekor qilinadi. Endilikda jamoat transportida yo‘l haqi standart tarif bo‘yicha — 1 700 so‘mni tashkil etadi. Va ushbu to‘lovlar UC uchun hisoblanadigan umumiy xarajatlar summasiga kiritiladi.
Shunday qilib, chegirma o‘rniga keshbek tizimi joriy etilmoqda. Bu esa shartlar bajarilganda yo‘l haqi xarajatlarining bir qismini qaytarib olish imkonini beradi.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
