
27-Oktabr, 2026
Ipak Yuli Bank Apple Pay xizmatini ishga tushirdi
Ipak Yuli Bank Apple Pay xizmatini ishga tushirdi — bu Apple qurilmalari yordamida to‘lovlarni amalga oshirishning oddiy, xavfsiz va maxfiy usuli.
Bank mijozlari Ipak Yuli Bank kartalarini Apple Pay’ga qo‘shib, iPhone, Apple Watch, iPad va Mac orqali do‘konlarda, ilovalarda va internetda xaridlar uchun to‘lov qilishlari mumkin. Buning uchun jismoniy karta yoki naqd pul kerak emas.
Apple Pay orqali qanday to‘lov qilish mumkin?
Do‘konlarda to‘lov qilish uchun iPhone’ning yon tugmasini ikki marta bosing, Face ID, Touch ID yoki qurilma paroli orqali tasdiqlang va qurilmani terminalga yaqinlashtiring.
Apple Pay’dan kontaktsiz to‘lovlar qabul qilinadigan yoki Apple Pay belgisi mavjud bo‘lgan barcha joylarda foydalanish mumkin: do‘konlar, kafe va restoranlar, dorixonalar hamda boshqa savdo nuqtalarida.
Apple Pay orqali internetda va ilovalarda ham to‘lov qilish mumkin. Masalan, ovqat yetkazib berish, internet-do‘konlardan xarid qilish va boshqa xizmatlar uchun.
Xavfsizlik va maxfiylik
Apple Pay to‘lovlar xavfsizligi va maxfiyligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Ipak Yuli Bank kartasi Apple Pay’ga qo‘shilganda, uning haqiqiy raqami qurilmada ham, Apple serverlarida ham saqlanmaydi. To‘lovlarni amalga oshirish uchun qurilmaga bog‘langan noyob raqamdan foydalaniladi.
Har bir to‘lov Face ID, Touch ID yoki qurilma paroli orqali tasdiqlanishi kerak.
Ipak Yuli Bank kartasini Apple Pay’ga qanday qo‘shish mumkin?
Kartani Wallet ilovasi orqali qo‘shishingiz mumkin:
- iPhone’da Wallet ilovasini oching.
- «+» belgisini bosing.
- Bank kartasini qo‘shish bo‘limini tanlang.
- Ipak Yuli Bank kartasini qo‘shish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
Karta qo‘shilgach, Apple Pay’dan mos Apple qurilmalarida darhol foydalanishingiz mumkin.
Ipak Yuli Bank kartangizni Apple Pay’ga qo‘shing va to‘lovlarni oson, tez va xavfsiz amalga oshiring.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
