
14-Yanvar, 2026
Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish
2026–yilda O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Bu aholining turmush tarzi va iqtisodiyot holati haqida dolzarb ma’lumotlarni olishga qaratilgan muhim davlat jarayonidir.
Ro‘yxatga olish 2026–yil 15–yanvardan 28–fevralgacha bo‘lib o‘tadi va ikki bosqichda tashkil etiladi.
15–31–yanvar kunlari fuqarolar ONE ID tizimi orqali census.stat.uz saytida o‘zlari va oila a’zolari nomidan onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
4–28–fevral kunlari esa mahalla qo‘mitalari xodimlari xonadonlarga tashrif buyurib, ma’lumotlarni planshetlar yordamida kiritadilar.
Taqdim etilgan barcha ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi va faqat umumlashtirilgan ko‘rinishda foydalaniladi.
Ro‘yxatga olishda ishtirok etish obyektiv statistika shakllanishiga va mamlakat rivojini rejalashtirishga xizmat qiladi.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
