Ipak Yuli Bank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdo moliyalashtirish dasturi doirasida tasdiqlovchi bank sifatida e’tirof etildi

18-month, 2025

Ipak Yuli Bank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdo moliyalashtirish dasturi doirasida tasdiqlovchi bank sifatida e’tirof etildi

 

Toshkent, 2025 

 

Ipak Yuli Bank Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) «Trade and Supply Chain Finance Program» (TSCFP) dasturi doirasida Confirming Bank maqomini oldi. 

Bu qaror bankning savdo moliyalashtirish va hujjatli operatsiyalar sohasidagi muvaffaqiyatli faoliyati natijasida qabul qilindi. 

 

TSCFP nima 

 

- OTB dasturi xalqaro savdo va ta’minot zanjirlarida moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

- Hamkor banklar OTB kafolatlarini oladi va eksport-import shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarni tasdiqlash operatsiyalarida ishtirok etadi. 

 

Bu mijozlar va hamkorlar uchun nima beradi

 

- Biznes uchun yangi imkoniyatlar. Importchilar va eksportchilar tasdiqlovchi bank vositalaridan foydalanib, bitimlarni soddalashtirish, shaffoflikni oshirish va xatarlarni kamaytirishlari mumkin.

- Ishonchni mustahkamlash. Tasdiqlovchi bank maqomi Ipak Yuli Bankning xalqaro maydondagi ishonchliligini oshiradi.

- Savdo moliyalashtirishdagi yetakchilik. Bank bir necha yildan beri OTB tomonidan O‘zbekistonda savdo moliyalashtirish bo‘yicha yetakchi hamkor sifatida e’tirof etib kelinmoqda. 

 

Biz OTB savdo moliyalashtirish dasturida tasdiqlovchi bank bo‘lganimizdan mamnunmiz. Bu qadam mijozlarimiz uchun yangi imkoniyatlar ochadi va Ipak Yuli — xalqaro maydonda biznesni qo‘llab-quvvatlay oladigan bank ekanini tasdiqlaydi.

 

 

Ipak Yuli Bank haqida 

 

1990-yilda mustaqil O‘zbekistonning birinchi xususiy banki sifatida asos solingan Ipak Yuli Bank bugungi kunda 2,5 milliondan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatmoqda. Bank chakana, korporativ va investitsion mahsulotlarning keng doirasini taklif etadi, 5 milliondan ziyod kartalarni muomalaga chiqargan hamda 900 dan ortiq bankomat va 20 000 POS-terminaldan iborat tarmoqqa ega. 

 

Raqamli transformatsiyaning yetakchilaridan biri sifatida bank mijozlar tajribasini yaxshilash va barqaror rivojlanishga alohida e’tibor qaratadi. Ipak Yuli Bank We-Finance Code tashabbusiga qo‘shilgan, ESG standartlariga amal qiladi va ISO 9001 hamda ISO 14001 xalqaro sertifikatlariga ega. Bank aksiyadorlari qatorida Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB), DEG va Triodos Investment Management kabi nufuzli xalqaro moliya institutlari mavjud. 

 

Bankning ishonchliligi xalqaro reytinglar (Fitch — B, Moody’s — B1) va ADB’ning Savdo va Ta’minot Zanjiri Moliya dasturi (TSCFP) doirasidagi Confirming Bank maqomi bilan tasdiqlangan. So‘nggi yillarda Ipak Yuli Bank marketing, raqamli innovatsiyalar, kartalar emissiyasi va barqaror rivojlanish borasidagi yutuqlari uchun Visa, Mastercard, Uzcard va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (EBRD) tomonidan bir qator xalqaro mukofotlarga ega. 

 

Ipak Yuli Bank — Katta maqsadlar sari.

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner