21 октября 2020 г.
21 oktabr - Davlat tili kuni!
Davlat tili — bu tarix, u siz hech bir millatni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Til muloqot qilish uchun zarur, u millatning o'ziga xosligidan dalolat beradi, ma’naviy salohiyatini belgilaydi. Aynan tilga xalq tarixi va davlat taraqqiyotining aksi bo'lish huquqi beriladi.
Bu haqda g‘azal mulkining sultoni, yuksak saviyadagi she'riy asarlar muallifi, o'zbek tilining keng imkoniyatlarini, uning boyligi, moslashuvchanligini namoyon etgan Alisher Navoiy yozib qoldirgan.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O'zbekistonda milliy merosimizni, shu jumladan tilni asrashga katta e’tibor berib kelinmoqda. 1989 yil 21 oktabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Bugun ushbu voqeaga 31 yil to‘ldi.
«Ipak Yo'li» banki barcha O‘zbekiston xalqini ushbu ajoyib bayram, Davlat tili kuni bilan, Alisher Navoiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Al-Qoshg‘ariy, Ahmad Yassaviy, Zahiriddin Muhammad Bobur va shu kabi buyuk insonlar so‘zlashgan til bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
