23 сентября 2024 г.

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab UZCARD (BIN 860014XX) kartalarini chiqarishni to‘xtatish

Hurmatli mijozlar!

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab bank UZCARD (BIN: 860014XX) kartochka mahsulotlari emissiyasini to‘xtatadi. Buning o‘rniga yil oxirigacha Ipak Yo‘li Mobilda bepul taqdim etiladigan UZCARD-DUO (BIN: 56146821) kartasini ochishni taklif qilamiz.

Siz UZCARD-DUO kartasini Ipak Yo‘li Banki mobil ilovasi yoki bankning eng yaqin filiali orqali osongina rasmiylashtirishingiz mumkin. Shuningdek, joriy kartangiz chiqarilgan filialga murojaat qilganingizda UZCARD (BIN: 860014XX) kartangizdan yangi UZCARD-DUO kartangizga mablag‘lar qoldig‘ini o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Biz mijozlarimiz uchun maksimal qulaylik va xavfsizlikni ta’minlashga intilamiz. Yangi shartlarga o‘ting va mahsulotlarimizdan foyda va qulaylik bilan foydalanishda davom eting.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner