Norezidentlar uchun JShShIR olish va bankka topshirish tartibi
Ipak Yuli Bank mijozi bo‘lish uchun:
JSHSHIR nima va bank nima uchun uni norezidentdan talab qiladi?
JShShIR — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yil 8-fevraldagi 3420-son yo'riqnomasiga muvofiq bankning barcha xizmatlaridan foydalanish uchun siz JShShIR-ni bankka taqdim etishingiz shart.
JShShIR-ni bankka qanday taqdim etish mumkin?
- Telegramda,@ipaksupport manzilida
- Bank ilovasini qo‘llab-quvvatlash chatida — ilovani havoladan yuklab olishingiz mumkin ;
- Sizga xizmat ko'rsatadigan bank filialiga.
JShShIR'ni qanday olish mumkin?
Chet el fuqarolari o'zlarining JShShIR'larini eng yaqin pasport idorasidan yoki Davlat xizmatlari markazidan olishlari mumkin. Davlat xizmatlari markazida JShShIR olish uchun siz faqatgina pasportingizni olib kelishingiz lozim. Pasport stolida ariza berish uchun pasport va O'zbekiston Respublikasida vaqtincha ro' yxatdan o' tkazish hujjati talab qilinadi. Murojaatdan so'ng siz 2-4 ish kuni ichida JShShIR olasiz.
Siz JShShIR'ni onlayn ravishda ololmaysiz.
Maslahat
Agar siz JShShIR uchun ariza topshirgan bo‘lsangiz-u, lekin uni Davlat xizmatlari markazidan shaxsan olishga vaqtingiz bo‘lmasa, o‘z o‘rningizga yaqinlaringizni yuborishingiz mumkin — lekin buning uchun ishonchnoma talab qilinadi.
Bank kartada
Kreditlar haqida bilish muhim
Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak
Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang:
- Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
- Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
- Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
- Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay.
Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.
Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari
Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.
Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.
Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.
- Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.