29 марта 2023 г.

GLOBAL MONEY WEEK – BOLАLАR VА O‘SMIRLАR UCHUN MOLIYAVIY TА'LIM KАMPАNIYASI

«Ipak yo‘li» banki O‘zbekiston Markaziy banki koordinatorligi ostida bolalar va o‘smirlarning moliya hamda iqtisodiyot sohasidagi bilim darajasini oshirishga qaratilgan navbatdagi «Global money week» moliyaviy taʼlim kampaniyasini o‘tkazmoqda.

Bu yil «GLOBAL MONEY WEEK 2023» kampaniyasi doirasida «Ipak Yo‘li» banki «Lider» maktabi o‘quvchilari uchun bank bosh ofisida «Ochiq eshiklar kuni»ni tashkil etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — bolalar va o‘smirlarni moliyaviy savodxonlik va iqtisodiy bilimlarga jalb qilish. O‘nlab bolalar bankka tashrif buyurib, bank ish jarayonlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi.

Dastlab bolalar «Ipak yo‘li» banki mijozlariga taklif etiladigan karta turlari, so‘ngra ularni rasmiylashtirish jarayoni bilan tanishdi.

Bank xodimlari kartalar uchun dizayn tanlash va ularni chop etish texnikasini namoyish etishdi. Bolalar bir kartaning yaratilish jarayoniga guvoh bo‘lishdi.

 Bolalarga sodda va tushunarli tilda kreditlar, depozitlar, mikroqarzlar va boshqa bank mahsulotlari haqida so‘zlab berishdi.

        Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar bankdan esdalik sovg‘alarga ega boʼlishdi. Umid qilamizki, bu kun o‘sib kelayotgan avlod uchun esda qolarli bo‘ldi, chunki ular moliyaviy muassasani nafaqat ichkaridan ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi, balki bu kasbni egallash uchun nimalarga eʼtibor berish kerakligini ham bilib olishdi.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner