Uzoq muddatli islomiy moliyalashtirish

Uzoq muddatli islomiy moliyalashtirish

Uzoq muddatli islomiy moliyalashtirish

Uskunalar, xomashyo yoki ishlab chiqarish binolari uchun
Summa
$3 000 000 gacha
Muddat
60 oygacha
Valyuta
USD / UZS

Moliyalashtirish haqida batafsil

Ipak Yuli Bank’dan uzoq muddatli islomiy moliyalashtirish — bu shariat talablariga to‘liq mos, halol moliyaviy yechim bo‘lib, biznesini halol asosda rivojlantirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun yaratilgan. 

 

Bu moliyalashtirish uskunalar, texnika, mebel, ishlab chiqarish quvvatlari va biznesni mustahkamlovchi boshqa real aktivlarni xarid qilishga aynan mos keladi. Hammasi shaffof: oldindan kelishilgan ustama, tushunarli to‘lov jadvali, foizsiz, jarimasiz va yashirin shartlarsiz. 

 

Mahsulot haqida 

Halollik va shaffoflik 

• Foizlar va penya yo‘q 

• Bitim Murabaha modeli asosida tuziladi — oldindan kelishilgan ustama bilan savdo bitimi 

• Har bir operatsiya shariat ekspertizasidan o‘tadi 

 

Biznesingizni rivojlantirish uchun 

• Kichik, o‘rta va yirik biznes uchun mos 

• Faqat real aktivlar moliyalashtiriladi — pulning o‘zi sotilmaydi 

• Uskuna, texnika, mebel yoki bino xaridi uchun ideal 

 

Ishonchlilik va xalqaro qo‘llab-quvvatlash 

• Moliyalashtirish EEFU — O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish jamg‘armasi liniyasi orqali 

• Mablag‘lar MShTni (MShT — Mamlakatdagi kichik biznes) qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro dastur doirasida ajratiladi 

 

Afzalliklar 

Maksimal miqdor: 100 000 USD – 3 000 000 USD 

Muddat: 60 oygacha 

Marja: 12% dan boshlab 

Valyuta: USD / So‘m 

Ta’minot: ko‘chmas mulk, uskuna, uchinchi shaxs kafilligi (bank siyosatiga muvofiq) 

Ko‘rib chiqish muddati: 3–10 kun 

• Faqat shariatga mos faoliyat turlari moliyalashtiriladi 

 

Islomiy moliyalashtirish qanday ishlaydi: 

1. Siz uskuna yoki aktiv bo‘yicha import shartnomasini taqdim etasiz 

2. Biz loyihani tasdiqlash uchun EEFUga yuboramiz 

3. Tasdiqlangandan so‘ng Murabaha shartnomasini imzolaysiz 

4. EEFU yetkazib beruvchiga to‘lovni o‘tkazadi, Siz esa aktivni qabul qilib, kelishilgan jadval bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirasiz 

 

Nega bu biznesingiz uchun foydali 

• Shariat talablariga to‘liq mos — foizsiz, penalarsiz 

• Shaffof shartlar — yakuniy narx boshidanoq ma’lum 

• Real aktivlar moliyalashtiriladi — biznes barqarorligini oshiradi 

• Har bosqichda qo‘llab-quvvatlash — hujjatlar, kelishuvlar, shariat bo‘yicha maslahatlar 

• Uzoq muddatli yechim — 60 oygacha bo‘lgan muddat bilan 

• Xalqaro dastur doirasida moliyalashtirish — EEFU orqali barqaror manba

Moliyalashtirishdan qanday foydalanish mumkin?

1
Siz import shartnomasini tayyorlaysiz
Shartnoma shariatga mos bo‘lgan uskuna, texnika, mebel yoki bino xaridiga tegishli bo‘lishi kerak.
2
Biz hujjatlaringizni EEFUga yuboramiz
Loyiha islomiy moliyalashtirish talablariga muvofiqligi bo‘yicha ko‘rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi.
3
Tasdiqlanganda siz bank bilan Murabaha shartnomasini imolaysiz
Bu oldindan kelishilgan ustama asosida tuziladigan halol savdo bitimi — foizlar va yashirin to‘lovlarsiz.
4
EEFU to‘lovni yetkazib beruvchiga o‘tkazadi, siz aktivni olasiz
Aktiv Sizga muddatli to‘lov asosida beriladi, to‘lov jadvali oldindan kelishiladi va o‘zgarmaydi.

Muhim ma’lumot

Xizmatni olish uchun kerakli hujjatlar

 

• Murojaat xati 

• Ta’sis hujjatlari 

• Moliyaviy hisobot 

• Garov hujjatlari

Qarz oluvchiga talablar

 

Loyihaviy kompaniyaning asosiy faoliyati Islom shariatiga zid bo‘lmasligi kerak. 

 

Shuning uchun foizli moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan kompaniyalar, spirtli ichimliklar, cho‘chqa go‘shti, qurol-yarog‘, tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish yoki sotish bilan shug‘ullanadigan korxonalar, qimor o‘yinlari, tungi klublar, pornografiya va shariatda taqiqlangan boshqa faoliyatlar moliyalashtirilmaydi.

Savollar va javoblar

Islomiy moliyalashtirishda foiz qo‘llanilmaydi. Buning o‘rniga bank tovar yoki uskuna xarid qilib, mijozga kelishilgan ustama bilan muddatli to‘lov asosida sotadi. Bu Murabaha deb ataladi. Siz avvaldan qancha va nima uchun to‘lov qilishingizni aniq bilasiz. Jarayon shaffof, yashirin to‘lovlarsiz.

Asosan uskuna, texnika yoki xomashyo xaridi. Moliyalashtirish faqat real aktivlarga yo‘naltiriladi — va ular shariat qoidalariga zid bo‘lmasligi kerak. Masalan, alkogol, qimor yoki tamaki bilan bog‘liq mahsulotlar moliyalashtirilmaydi.

Yo‘q, hech qanday jarima yoki penya olinmaydi. Barcha shartlar oldindan kelishiladi va jarayonda o‘zgartirilmaydi. Barchasi halol va kelishuv asosida bo‘ladi.

Ha. Barcha bitimlar bankning ichki shariat kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Biz faqat islomiy huquq doirasida ruxsat etilgan faoliyatni moliyalashtiramiz va barcha hujjatlar shariat normalariga muvofiq rasmiylashtiriladi.

Yo‘q, Murabaha bo‘yicha ustama — bu foiz emas. Bank avval tovarni (masalan, uskuna) xarid qiladi, so‘ng uni mijozga oldindan kelishilgan narxda muddatli to‘lov asosida sotadi. Bu — klassik shariatga muvofiq savdo bitimi. Bunda to‘lov miqdori boshidan ma’lum bo‘ladi, yashirin to‘lovlar yoki ortiqcha xarajatlar yo‘q. Hammasi shaffof va shariat qoidalariga to‘liq mos.

EEFU — bu 2025-yilda tashkil etilgan milliy jamg‘arma bo‘lib, O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznesni islomiy (halol) moliyalashtirish orqali qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Jamg‘arma xalqaro kompaniya tomonidan boshqariladi, yirik xalqaro institutlar tomonidan moliyalashtiriladi va shariatga mos moliyaviy modellar (jumladan, Murabaha) orqali tadbirkorlarga uskuna, aktivlar xaridi va biznesni rivojlantirish uchun zarur mablag‘larga ega bo‘lish imkonini yaratadi. Bundan tashqari, u texnik va konsalting ko‘magini ham taqdim etadi.

Xizmat uchun onlayn ariza

Qadam 1
Xizmat turi
Ixtiyoriy

Bank kartada