Agar bankomat valyutani olib, so‘m bermasa nima qilish kerak?
Agar bankomat operatsiyani yakunlamasa va Sizning mablag‘laringiz uning ichida qolib ketsa, telegram orqali yoki 78 1406900 telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, bankning kun-u tun ishlaydigan aloqa markaziga murojaat qiling hamda bankomat kodini (ekran tepasida yoki bankomat xatolik sodir bo‘lgani uchun Sizga chiqarib bergan kvitansiyada yozilgan bo‘ladi) ko‘rsating. Arizalar bankka murojaat qilingan kundan boshlab 15 kungacha ko'rib chiqiladi. Bankomat chiqarib bergan kvitansiyani yo‘qotmang chunki u yuzaga kelgan muammoni isbotlovchi hujjat hisoblanadi.